Alieva Anna Valer`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda uglevod almashinuvi buzilishlarining tarqalganligini va ularni rivojlanish xavfini o‘rganish», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib190.
Ilmiy raxbar: Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Ya.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: FDBT Endokrinologiya ilmiy markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: nahorgi glikemiya buzilishi, glyukozaga turg‘unlikning buzilishi va qandli diabetning ikkinchi turining haqqoniy tarqalganligini va ularning rivojlanishida ahamiyati yuqori bo‘lgan xavf omillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epidemiologik tadqiqotlar turli hududlar aholisi o‘rtasida nahorgi glyukoza hamda glyukozaga turg‘unlik holatining buzilishi, qandli diabetning ikkinchi turini tarqalishi, keyinchalik bemorlar orasida turli angiopatik o‘zgarishlarning rivojlanish darajasi isbotlangan;
o‘zbek millatiga mansub aholi orasida qandli diabet va glyukozaga turg‘unlik buzilishining rivojlanishga olib keladigan antropometrik ko‘rsatkichlarni, ya’ni tana vazn indeksi, bel aylanasi, son aylanasi, bel va son aylanasi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari kasallik xavf omillarining rivojlanishga olib kelishi isbotlangan;
o‘zbek millatiga mansub antropometrik ko‘rsatkichlarning, ya’ni tana vazn indeksi, bel aylanasi, son aylanasi, bel va son aylanasi ko‘rsatkichlarining referens qiymatining ko‘rsatkichlari erkak va ayollar uchun me’yoriy darajasi isbotlangan;
o‘zbek populyasiyasiga oid uglevod almashinuvining buzilishi xavf omillarining oldini olishga qaratilgan tizim yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda uglevod almashinuvi buzilishlarining tarqalganligini va ularni rivojlanish havfini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbek millatiga mansub shaxslarda glyukozaga turg‘unlik buzilishi va qandli diabetning ikkinchi turini rivojlanish xavfini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 maydagi 8n-d/111-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘zbek millatiga mansub shaxslarda qandli diabet kasalligining ikkinchi turini tashxislash, kasallikning tarqalish epidemiologiyasi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini tashkillashtirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda uglevod almashinuvi buzilishlarining tarqalganligini va ularni rivojlanish xavfini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari endokrin dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 8n-z/148–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi aholining turli qatlamlari orasida qandli diabetning ikkinchi turida tibbiy yordam ko‘rsatishning milliy standarti asosida asoratlarning oldini olish, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, nogironlikning oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.