Ravshanova Adolat Ravshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv-botqoq qushlarining gelmintlar faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1033.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Bauaddin, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Baxodir Amanovich, biologiya fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv-botqoq qushlarining gelmintlar faunasini aniqlash, ekologiyasini asoslash hamda xonaki o‘rdak va g‘ozlarni asosiy gelmintozlardan muhofaza qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv-botqoq qushlarida gelmintlarning 78 turi aniqlangan. Ulardan, 29 turi Cestoda, 27 turi Trematoda, 3 turi Acanthocephala va 19 turi Nematoda sinfiga mansubligi qayd etilgan;
suv-botqoq qushlarining 6 turkumga mansub gelmintlar faunasining tuzilmasi bo‘yicha aniq ma’lumotlar keltirilgan;
tadqiq qilinayotgan qushlar gelmintlar faunasi shakllanishidagi muhim ahamiyatga ega gelmintlar va ularning xo‘jayinlari bilan biotsenotik aloqalari ochib berilgan;
qushlarning turli guruhlarida gelmintlar uchrash chastotasi va tadqiq qilinayotgan mintaqada invazion sirkulyasiya yo‘llari aniqlangan;
xonaki g‘oz va o‘rdaklarni asosiy gelmintozlardan muhofaza qilish tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv-botqoq qushlarining gelmintlar faunasi va ekologiyasi mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv-botqoq qushlarida tadqiqotlar natijasida 79 turga mansub gelmintlar identifikatsiya qilingan. Ulardan,   29 turi sestodalar, 27 turi trematodalar, 3 turi akantosefalalar va 20 turi nematodalarga mansubligi aniqlangan, shuningdek, qator gelmint turlari xonaki o‘rdak va g‘ozlarda ham  uchrashi va keng tarqalganligi qayd etilgan. Xonaki o‘rdaklar va g‘ozlardagi mikrosomakantoz, drepanidotenioz, fimbraioz, prostogonimoz, exinostomoz, bilgarsiellez, amidostomoz, streptokaroz, tetramerozga qarshi yangi yuqori samaradorlikka ega antigelmintiklarning yangi komplekslaridan foydalanib ishlab chiqilgan tavsiyalar Jizzax viloyati veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 27 maydagi 02/23-1166-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rdak va g‘oz parrandachilik xo‘jaliklarida gelmintozlar tufayli iqtisodiy zararlar bir muncha kamayishi, qushlar sonini oshishi va epizootik jarayonning barqororligini ta’minlash imkonini bergan;
suv-botqoq qushlari xilma-xilligini saqlab qolish, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining Jizzax viloyati bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 27 iyundagi 03-03/3-6254-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va tutash hududlarda suv-botqoq qushlari populyasiyalari holatini baholash va ularni saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish