Bekpulatov Jovlon Mustafokulievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida nodir va rangli metall bo‘lgan texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlashning ilmiy asoslari», 05.02.01 – Mashinasoszlikda materialshunoslik.Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T624.
Ilmiy maslahatchi: Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Ziyadulla Dosmatovich, texnika fanlari doktori, profeesor; Vohidov Baxriddin Raxmiddinovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Tolibov Behzod Ibrohim o‘g‘li, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Olmaliq KMK» AJ Angren oltin saralash va mis boyitish fabrikalari hamda Xondiza kon boshqarmasi boyitish fabrikalardan chiqqan texnogen chiqindilar tarkibidan oltin va mis tarkibli boyitmalar olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnogen chiqindilardan oltinni ajratib olish va kayta ishlash darajasini mavjud usullarga nisbatan 15-20% ga oshirish imkonini beruvchi reagent tartiblari va ishlov berish usullarini o‘z ichiga olgan texnologik jarayon parametrlari ishlab chiqilgan;
metall mikdori past bo‘lgan xomashyodan samarali tarzda mis tarkibli minerallarni ajratib olish imkonini beruvchi mis tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash uchun moslashtirilgan flotatsiya usuli ko‘llanilgan texnologik sxema ishlab chiqilgan;
qayta ishlash jarayoni samaradorligini oshirishga va uning sharoitlarini jadallashtirish imkonini beruvchi texnogen chiqindilardagi qimmatbaxo komponentlarni konsentratga o‘tishining kinetik va termodinamik qonuniyatlarini tavsiflovchi, ularning murakkab mineral tarkibi va texnologik parametrlarining ta’sirini hisobga oluvchi matematik model ishlab chiqilgan;
mahalliy reagentning yuqori selektivligi va murakkab chiqindilarni boyitishda samaradorligini namoyon etuvchi hamda import qilinuvchi reagentlar uchun xarajatlarni kamaytiradigan va texnologiyaning ekologik barqarorligini oshiradigan mahalliy PS-1 reagenti qo‘llanilib, tarkibidagi misning mikdori 0,1-0,12% bo‘lgan texnogen chiqindilardan flotatsiya usulini qo‘llab tarkibida 7-8% mis saklovchi boyitma olingan;
tarkibida 10% qurg‘oshin hamda 15% ruh sailovchi boyitmalar olish va murakkab mineral tarkibli ikkilamchi resurslarni sanoatda qo‘llash uchun yangi imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, qurg‘oshin va ruh tarkibli texnogen chiqindilarni flotatsiya usuli bilan boyitish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oltinni ajratib olish darajasini, uning granulometrik tarkibi va mineral shakli kabi xususiyatlarini hisobga olgan holda oshirish imkonini beruvchi oltin tarkibli texnogen chiqindilarni boyitish uchun kullanilgan konsentratsion stolning optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
qayta ishlash parametrlarini uzgartirish hamda qimmatbaho komponentlarni ajratib olish darajasini oshirish imkonini yaratuvchi oltin, kumush va mis tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash samaradorligi, jarayonning harorati vaqti va reagent sarfiga kompleks bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarkibida nodir va rangli metall bo‘lgan texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash usullarini ilmiy jihatdan asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnogen chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni flotatsiya, gravitatsiya, sianlash usulida boyitmaga o‘tkazishning optimal texonologik sxemasi va konsentratsion stol parametrlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Angren oltin saralash fabrikasida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 63-618-son maʻlumotnomasi). Natijada, oltin va kumush birikmalarini o‘z ichiga olgan graviboyitma olish imkonini bergan;
mis, qo‘rg‘oshin-rux hamda oltin tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlashda mahalliy reagent qo‘llab flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Angren oltin saralash fabrikasida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 63-618-son maʻlumotnomasi). Natijada, an’anaviy usulda boyitishga nisbatan 20% iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
mis boyitish fabrikasining 0,1-0,12% mis tarkibli texnogen chiqindilarini flotatsiya usulida qayta ishlash texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Mis boyitish fabrikasida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 63-618-son maʻlumotnomasi). Natijada, tarkibida 7-8% mis birikmasi bo‘lgan boyitma olishga erishish imkonini bergan;
qo‘rg‘oshin-rux tarkibli texnogen chiqindilarni flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Xondiza kon boshqarmasida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 63-618-son maʻlumotnomasi). Natijada, tarkibida 10% rux hamda 13% qo‘rg‘oshin birikmalari bo‘lgan boyitma olish imkonini bergan.