Sultonova Mas’uda Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quvurli tegirmonlarda sementni maydalash jarayonini jadallashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4397.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor; Nig‘matjonov Samug‘jon Karimjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi turdagi zirx qoplamalardan foydalanib sementni maydalash quvurli tegirmoni quvvatini oshirish va ichki havo oqimlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch to‘lqinli qoplama plitalarini qo‘llash bilan sharli yuklamaning ish bajarish qobiliyatini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
pog‘onali rejimda ishlaydigan sharli yuklamaga mo‘ljallangan perspektiv sirt yuzali qoplama plitalarini ishlab chiqish prinsiplari isbotlangan;
quvurli tegirmonlar uchun shar-material aralashmasidagi turg‘un hududlarni parchalashni ta’minlaydigan perspektiv sirt yuzali zirx qoplamalar ishlab chiqilgan;
ilk bor matematik 3D modellashtirish dasturlarini qo‘llash orqali quvurli tegirmon kameralararo to‘sig‘iga yaqin masofalarda tegirmon ichki havosi oqimida tezligi past halqalar hosil bo‘ladigan hududlar aniqlangan;
maydalik harakteristikasini aniqlashda cho‘kma hajmini aniqlashga asoslangan quvurli tegirmonlarda sementni maydalash jarayonini jadallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quvurli tegirmonlarda sementni maydalash jarayonini jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quvurli tegirmonlarda maydalash jarayonini jadallashtirish borasida sement tegirmoni qoplamasi «BEKOBODSEMENT» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («BEKOBODSEMENT» AJ ning 2022 yil 18 maydagi IV/723-sonli ma’lumotnoma, "Sement tegirmoni qoplamasi" FAP 01654, 30.06.2021 y.). Natijada, «BEKOBODSEMENT» AJdagi o‘lchami Ø213 m quvurli tegirmon qoplamasining ishchi holati 183 kun (4392 soat) dan keyin ham qoniqarli bo‘lishiga erishilgan va amaldagi standart talablariga javob beruvchi mahsulot olish imkonini bergan;
quvirli tegirmon barabani uchun zirx qoplama plitasiga O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining foydali modelga patenti patenti olingan (№FAP 01653). Natijada, sement tegirmonining ishlab chiqarish quvvatini soatiga 45 tonnadan 55 tonnaga oshdi, sement mahsulotining 28 kunlik siqilishdagi mustahkamligini o‘rtacha 2,2 - 4,0 MPa ga oshirish imkonini bergan.