Ermekboev Umidjon Bobakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum fosforit koni sharoiti uchun frezerli kombaynlarni qo‘llagan holda ratsional texnologik sxemalarini va ularning parametrlarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3619.
Ilmiy rahbar: Nazarov Zoir Sodikovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, proffessor; Annaqulov To‘lqin Jovbekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qatlamsimon konlarni qazib olishda ma’danlarni yo‘qotilishi va sifatsizlanishini kamaytirish, frezerli kombaynni qo‘llash orqali kon ishlarini olib borish texnologiyasini takomillashtirish hamda ularni ish unumdorligini oshirish imkoniyatini berish bo‘yicha ratsional texnologik sxemalarni ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlamli yo‘lakli qazib olishning texnologik parametrlarini, fosforit qatlami aralashgan hududlarini qazib olishda frezerlash porsiyalarning strukturalarini, frezerlash yo‘lagi bilan «ma’dan va tog‘ jinsi» chizig‘ini kesib o‘tish burchagini hamda qatlamning cho‘ziqligi va qazish yo‘lagi orasidagi burchakni hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
kon massasining yuk oqimlarini (kondisiyali, kondisiyasiz va bo‘sh tog‘ jinsi) yakuniy taqsimlanishiga ta’sir qiluvchi qonuniyatlari o‘rnatildi, bu erda qazib olinuvchi porsiyaning o‘lchamlari, avtosamosvalning yuk ko‘tarish qobiliyati, frezalash chuqurligi va kengligi muhim parmetrlar ekanligi aniqlangan;
qazib olinuvchi bloklarni qazib olishga tayyorlash texnologiyasi va fosforit ma’danlarini qazib olishda yo‘qotilish va sifatsizlanish me’yorlarini saqlab turish uchun hamda ma’dan qatlamini qazib olishda avtasamosvallar harakatining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
yo‘qotishlarni kamaytirish va qoplama tog‘ jinsi tarkibidagi kondisiyali rudalarni qazib olish evaziga ma’dan massasining oqimini sifat va porsiyalarga qoplama tog‘ jinslari va ma’dan kontaktida bo‘lish orqali avtosamosvallarga yuklashda foydali qazilmani er qa’ridan ajratib olishni 0,87% dan 0.97% ga oshirishga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qizilqum fosforit koni sharoiti uchun frezerli kombaynlarni qo‘llagan holda rasional texnologik sxemalarini va ularning parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
foydali qazilmalarni sifatsizlanishi va yo‘qotilishini baholash metodikasi «Neofos» Ferkensko Group qo‘shma korxonasi «Jeroy-Sardara» konida amaliyotga joriy etilgan («Neofos» Ferkensko Groupning 2023 yil 27 iyuldagi 07/18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ma’danning yo‘qotilishi 9,5% dan 8,3% gacha hamda ma’danni sifatsizlanishi 11,6% dan 10,5% gacha kamayish imkonini bergan;
frezerli kombaynning ishlash texnologik sxemalari «Neofos» Ferkensko Group qo‘shma korxonasi «Jeroy-Sardara» konida amaliyotga joriy etilgan («Neofos» Ferkensko Groupning 2023 yil 27 iyuldagi 07/18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ma’danning yo‘qotilishi va sifatsizlanishi kamayish evaziga ma’danni er qa’ridan ajratib olishda 0,87% dan 0.97% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish