Halimov Ilhom Ubaydulloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er ostida eritmaga o‘tkazishning tugatilgan bloklaridan uranning qoldiq zaxiralarini qazib olishning ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T562.
Ilmiy maslahatchi: Sharafutdinov Ulugʻbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Pirmatov Eshmurat Azizovich, texnika fanlari doktori, professor; Kurbanov Mashxur Amanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: er osti eritmaga o‘tkazishning tugatilgan bloklaridan qoldiq uran zaxiralarini qazib olishning ilmiy-texnik asoslarini va metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uranning qoldiq zaxiralari miqdori ma’dan oralig‘idagi gil jinslarining tarkibi bilan bog‘liqligi va ularning miqdori 25-30% dan yuqori ekanligi aniqlangan;
erituvchining optimal turi aniqlandi va uranni diffuzion eritmaga o‘tkazish dinamikasi erituvchining namuna yuzasi bilan aloqa qilish vaqtining o‘zgarishiga va dastlabki namunadagi uran miqdoriga chiziqli bog‘liqligi isbotlangan;
karbonatli va kislotali muhitda uranning yutilish darajasi bir xil bo‘lgan sharoitlarda eritilgan uranning yutilish darajasi uning eritmadagi konsentratsiyasiga va erituvchining konsentratsiyasiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
ma’danli va ma’dansiz qatlamlarining qalinligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ulardan uranni maksimal darajada olish uchun ko‘proq vaqt talab etishi bilan eritmaga o‘tkazish jarayonining kinetikasi va uranni yo‘qotilish miqdori gilning ma’danli va ma’dansiz qatlamlari qalinligiga bog‘liqligi isbotlangan;
Qizilqum hududidagi uran konlarining tugatilgan bloklarida olib borilgan tadqiqotlar asosida uran qoldiq zaxiralarining turlari bo‘yicha tasnifi ishlab chiqildi hamda qoldiq va yangi hosil bo‘lgan uran zaxirasi to‘plamlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi ettita asosiy omil aniqlangan;
eritmaga o‘tkazishning dastlabki bosqichida diffuziyali yuvishda uran yo'qotilishi umumiy yuvilgan komponentning 27-30% ga etishi hamda keyinchalik erituvchining qumli ruda qatlami orqali doimiy filtrlanishi bilan bu yo‘qotishlar 8-12% gacha kamaygan va qaytarilmas yuqotish ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Er osti eritmaga o‘tkazish konlarining oldin o‘zlashtiriligan bloklaridan qoldiq uran zaxiralarini ajratib olishning ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diffuziyali eritmaga o‘tish dinamikasini aniqlash bo‘yicha tadqiqot metodikasi va turli qalinlikdagi gil qatlamlardan uranni diffuziyali eritmaga o‘tkazishning asosiy texnologik ko‘rsatkichlarini hisoblashning grafik usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 7 noyabrdagi 23/01-01-07/560-son ma’lumotnomasi). Natijada, uranning eritmaga o‘tish koeffisienti kiritilgan bo‘lib, bu uranning gil jinslardan diffuziya bilan eritmaga o‘tish miqdorini aniqlash imkonini bergan;
migratsiya jarayonida erigan uranni ma’dansiz togʻ jinslar tomonidan yutilish jarayonini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot metodikasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 7 noyabrdagi 23/01-01-07/560-son ma’lumotnomasi). Natijada, eritmaga o‘tgan uranning qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotilishi 8-12% gacha etishi aniqlangan va ma’dansiz gilga filtrlash orqali eritmaga o‘tib yutilgan uran miqdori barcha hollarda ma’danli gilga qaraganda ko‘proq ekanligini aniqlash imkonini bergan;
qoldiq uran zaxiralarining ishlab chiqilgan tasnifi, hamda joriy etilgan yangi atama va tushunchalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ foydalanishga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 7 noyabrdagi 23/01-01-07/560-son ma’lumotnomasi). Natijada, ulardan uran qoldiq zaxiralarini bashorat qilish, aniqlash va o‘zlashtirishda amaliy va ilmiy ishlarda foydalanish imkonini bergan.