Ruzumova Gulnoza Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kanop (Hibiscus cannabinus L.) o‘simligining bioekologik xususiyatlariga etishtirish sharoitlarining ta’siri», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.4.PhD/V704.
Ilmiy rahbar: Allaberdiev Rustamjon Xamraevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Turabaev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xo‘janazar O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kanop (Hibiscus cannabinus L.) o‘simligining bioekologik xususiyatlariga etishtirish sharoitlarining ta’sirini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Mo‘ynoq va Toshkent sharoitlarida etishtirilgan Hibiscus cannabinus ning bioekologik, morfologik, fiziologik ko‘rsatkichlari qiyosiy baholangan;
O‘zMU Botanika bog‘i va Mo‘ynoq tumani sharoitlarida etishtirilgan Hibiscus cannabinus urug‘larining laboratoriya sharoitida turli haroratlarda unuvchanligi aniqlangan;
Hibiscus cannabinus ning gullash dinamikasi va fenologik o‘zgarishlari ekologik muhitlarga bog‘liq holda ochib berilgan;
O‘zMU Botanika bog‘i va Mo‘ynoq tumani sharoitlarida abiotik omillar va fiziologik ko‘rsatkichlar orasida korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan hamda har ikkala sharoitda ham o‘simlikning suv miqdori va hujayra shirasining osmotik bosimi o‘rtasida teskari korrelyasiya mavjudligi isbotlangan;
Mo‘ynoq tumani va O‘zMU Botanika bog‘i sharoitlarida etishtirilgan Hibiscus cannabinus ning potensial urug‘ mahsuldorligi (PUM) va haqiqiy urug‘ mahsuldorligi (HUM) ko‘rsatkichlarini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kanop o‘simligining bioekologik xususiyatlariga etishtirish sharoitlarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kanop  (Hibiscus cannabinus L.) o‘simligini turli ekologik sharoitlarda xususan, ekologik ekstremal zonada etishtirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi faoliyati amaliyotiga joriy qilingan  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 20 iyundagi 01/18-1816-son ma’lumotnomasi). Natijada, kanop o‘simligini Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani, Shag‘irli qishlog‘i hududida etishtirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligida degradatsiyaga uchragan foydalanilmay bo‘sh yotgan erlarda istiqbolli tola beruvchi kanop o‘simligini introduksiya qilish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 22 fevraldagi  06/22-05/1073-son ma’lumotnomasi). Natijada, Hibiscus cannabinus o‘simligi ilk bor Janubiy Orol bo‘yi hududida introduksiya qilingan hamda etishtirish samaradorligi Mo‘ynoq tumanida  kanopning 1 gektar erdan olingan ko‘kpoya biomassasi 2019 yil 81,2 s/ga va 2021 yil 82,6 s/ga, urug‘ining massasi 155,2 kg/ga ni tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish