Xudoyberdiev Azizjon Norjigit o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Blockchain texnologiyasi uchun xeshlash algoritmlarini ishlab chiqish”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4168
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’lumotlar yaxlitligi va tranzaksiya xavfsizligini ta’minlash uchun blockchain tizimlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali va xavfsiz xesh algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
SChash xesh funksiyasiga asoslangan yangi xeshlash algoritmi ishlab chiqilgan;
blockchain texnologiyasida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
Immun xesh funksiyasiga asoslangan yangi xeshlash algoritmi ishlab chiqilgan;
yaratilgan SChash xesh funksiyasini turli blockchain platformalari va
standartlari asosida integratsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
yaratilgan Immun xesh funksiyasini turli blockchain platformalari va
standartlari asosida integratsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqotda ishlab chiqilgan SChash va Immun xeshlash algoritmlari hamda yaratilgan dastur asosida:
blockchain texnologiyasida muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini beruvchi SChash va Immun xesh funksiyalariga asoslangan yangi xeshlash algoritmlari asosida yaratilgan dastur Toshkent shahri “Kiberxavfsizlik” markazi DUKda amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“Kiberxavfsizlik” markazi DUKning 2024-yil 18-yanvardagi dalolatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan SChash va Immun yangi xeshlash algoritmlari, mavjud ShA-256 algoritmiga qaraganda o‘rtacha vaqti 0.002 ms tezroq matnlarni xeshlash imkoniyatini bergan;
ishlab chiqilgan SChash va Immun yangi xeshlash algoritmlarini muhim va katta hajmdagi maʼlumotlarni xeshlash IT Park Jizzax filialida tajribaviy sinovdan o‘tkazilgan va joriy etilgan (Jizzax viloyati hokimligining 2024-yil 14-fevraldagi 05-198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan SChash va Immun yangi xeshlash algoritmlariga asoslangan dasturiy vosita yordamida 100 mingdan ortiq matnning xesh qiymatlari yaratilib, mavjud ShA-256 algoritmi bilan solishtirilganda, SChash va Immun yangi xeshlash algoritmlari o‘rtacha 12-14% tezroq matnlarni xeshlash imkoniyatini bergan;
taklif etilgan SChash va Immun yangi xeshlash algoritmlari muhim va katta hajmdagi maʼlumotlarni xeshlash Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKda joriy qilingan (Jizzax viloyati hokimligining 2024-yil 14-fevraldagi 05-198-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan SChash va Immun yangi xeshlash algoritmlariga asoslangan dasturiy vosita yordamida 110 mingdan ortiq matnning xesh qiymatlari yaratilib, mavjud ShA-256 algoritmi bilan solishtirib ko‘rilganda, SChash va Immun yangi xeshlash algoritmlari muhim va katta hajmdagi maʼlumotlarni xeshlashga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 12% tezroq xeshlash imkoniyatini bergan.