Atajanova Dinara Salimjanovnaning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari», 12.00.05–Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3.PhD/Yu197.

Ilmiy rahbar: Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar:Raxmankulova Nilufar Xodji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori; Rasulov Zokir Sayfievich, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

IITadqiqotning maqsadi: ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar mehnatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

IIITadqiqotning ilmiy yangiligi:

ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarni majburiy mehnatga jalb qilish ularni kamsitish sifatida baholanilishi asoslangan;

ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatidan 14 o‘rindiqdan ortiq bo‘lgan avtobuslarni, yuk ko‘tarish hajmi 2.5 t.dan ortiq bo‘lgan avtomobillarni boshqarishni chiqarib tashlash taklifi asoslantirilgan;

Xalqaro mehnat tashkilotining ayollar va oilaviy vazifalar bilan mashg‘ul shaxslar mehnatini tartibga solishga qaratilgan «Kasanachilik to‘g‘risida»gi 175-sonli, «Oilaviy majburiyatlari bor xodimlar to‘g‘risida»gi 156-sonli, «Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1952 yilgi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida»gi 183-sonli konvensiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya va ratifikatsiya qilish lozimligi asoslangan;

ayollarga psixolog va yurist mutaxassislardan iborat «Ayollar masalalari bo‘yicha yordam» onlayn xizmatini joriy etish zarurligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

majburiy mehnatning taqiqlanishiga oid alohida yangi qonun osti hujjatini qabul qilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 349-son qarori 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining 2018 yil 3 iyuldagi 1-12/373-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi natijasida lavozim kontingentining aksariyat qismini ayollar tashkil etuvchi o‘qituvchi va shifokorlarning ommaviy tadbirlar oldidan turli obodonlashtirish, tozalash ishlariga jalb etilishiga chek qo‘yilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro‘yxati hamda ular ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan yuk normalarining chegarasini qayta ko‘rib chiqish va unga o‘zgartishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi «2018–2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 407-son  qarorining 3-ilova 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining 2018 yil 3 iyuldagi 1-12/373-son; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2018 yil 25 sentyabrdagi 623-son ma’lumotnomalari). Bu taklifning qabul qilinishi natijasida mehnat muhofazasi sharoitlari yaratilgani holda ayollarning mehnat qilish turlarini tanlash erkinligi oshgan;

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining ayollar va oilaviy vazifalar bilan mashg‘ul shaxslar mehnatini tartibga solishga qaratilgan «Kasanachilik to‘g‘risida»gi 175-sonli, «Oilaviy majburiyatlari bor xodimlar to‘g‘risida»gi 156-sonli, «Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1952 yilgi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida»gi 183-sonli konvensiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish imkoniyatlarinini o‘rganish, yaqin kelajakda  ratifikatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi «2018–2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 407-son  qarorining 3-ilova 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining 2018 yil 3 iyuldagi 1-12/373-son; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2018 yil 25 sentyabrdagi 623-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning qabul qilinishi milliy mehnat standartlarining xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtirishga erishilgan;

psixolog va yurist mutaxassislardan iborat «Ayollar masalalari bo‘yicha yordam» onlayn xizmatini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 352-son qarorining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining 2018 yil 3 iyuldagi 1-12/373-son ma’lumotnomasi). Mazkur onlayn xizmatning ishga tushishi ayollar huquqiy savodxonligi oshishida samara bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish