Isakov Shuxrat Shukurullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘i shoshilinch jarrohligida jarrohlik amalietidan keyingi yiringli traxeobronxitlarni oldini olish va davolash», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3901
Ilmiy rahbar: Tursumetov Abdusattor Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Nazarov Shoxin Kuvvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Omsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qorin bo‘shlig‘i a’zolarida amaliyot o‘tkazilgan bemorlarda metilen ko‘k bilan nebulayzerli fotodinamik terapiyasini qo‘llash orqali amaliyotdan keyingi yallig‘lanishli bronx-o‘pka asoratlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yiringli traxeobronxitning eksperimental modeli va metilen ko‘k in vivo qo‘llagan holda nebulayzerli fotodinamik antibakterial terapiya usuli ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘idagi shoshilinch jarrohlikda yiringli traxeobronxitda traxeobronxeal daraxtning mikrob landshafti xususiyatlari (Esherichia coli - 18,2%, Staphylococcus aureus - 14,2%, Acinetobacter spp. - 6,2%, Klebsiella pneumonia - 6%, Candida spp.- 10,7%, Pseudomonas aeruginosa - 7,4%, Staphylococcus aureus MR - 3,3%) aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir jarrohlik kasalliklarida amaliyot o‘tkazilgan bemorlarda traxeobronxeal bo‘shliqdan olingan bakteriyalarga metilen ko‘k fotosensibilizatorning antibakterial xususiyatlari in vitro tajribada aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘i organlarida shoshilinch amaliyotdan so‘ng, ishlab chiqilgan yiringli traxeobronxit bor bemorlarni kompleks davolashda 0,05% konsentratsiyali metilen ko‘k yordamida traxeobronxial shajarasini fotodinamik sanatsion fibrobronxoskopiyasi o‘ziga xos texnikasi tajribaviy ravishda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin bo‘shlig‘i shoshilinch jarrohligida jarrohlik amalietidan keyingi yiringli traxeobronxitlarni oldini olish va davolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 08.07.2024 y. 02/55-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: yiringli traxeobronxitning eksperimental modeli va metilen ko‘k in vivo qo‘llagan holda nebulayzerli fotodinamik antibakterial terapiya usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mexanik sariqlikni kompleks davolashda differensial yondashuvni tanlash mezonlari bo‘yicha takliflar Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining muvoffiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 17 oktyabr kunidagi 03/105 – sonli qaror xulosa bilan tasdiqlangan «Fotodinamicheskaya sanatsii bronxeal`nogo dereva s ispol`zovaniem fotosensibilizatora «metilenovaya sin`» pri gnoynix traxeobronxitax v klinike» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar I.Irgashev nomidagi 4-sonli klinik shifoxonasi (2024 yil 19 yanvar, 21-sonli qaror) va Toshkent viloyati Bo‘stonliq TTB (2024 yil 24 yanvar, 31-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bronxologik qo‘llanmada metilen ko‘ki yordamida fotodinamik ta’sirlardan foydalanish bronxial daraxtdagi yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishga, bronxial shilliq qavatdagi shish va giperemiyani kamaytirishga yordam beradigan, fibrotraxeobronxoskopiya tashxis va davolash imkoniyatlarini kengaytirishini aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxologik qo‘llanmada metilen ko‘ki yordamida fotodinamik ta’sirlardan foydalanish bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3 278 480 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 355 300 so‘m sarflanadi. Agarda bemorlarda to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 810 900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: eksperimental hayvonlarda yiringli endobronxitning ishlab chiqilgan modeli endobronxitning klinik variantiga maksimal darajada yaqin bo‘lib, biriktivchi to‘qima tolalari orasida joylashgan mushak qavati qon tomirlari stazi, shillik osti kavati shishi, degeneratsiyalovchi epiteliy deskvamatsiyasi, limfoid infiltratsiyasi va traxeya bezlarining yo‘li kengayishi morfologik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘i shoshilinch jarrohligida jarrohlik amalietidan keyingi yiringli traxeobronxitlarni oldini olish va davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 24-iyundagi 7186-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘idagi shoshilinch jarrohlikda yiringli traxeobronxitda traxeobronxeal daraxtning mikrob landshafti xususiyatlari (Esherichia coli - 18,2%, Staphylococcus aureus - 14,2%, Acinetobacter spp. - 6,2%, Klebsiella pneumonia - 6%, Candida spp.- 10,7%, Pseudomonas aeruginosa - 7,4%, Staphylococcus aureus MR - 3,3%) aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin bo‘shlig‘idagi shoshilinch jarrohlikda yiringli traxeobronxitda traxeobronxeal daraxtning mikrob landshafti xususiyatlari Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining muvoffiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 17 oktyabr kunidagi 03/105 – sonli qaror xulosa bilan tasdiqlangan «Fotodinamicheskaya sanatsii bronxeal`nogo dereva s ispol`zovaniem fotosensibilizatora «metilenovaya sin`» pri gnoynix traxeobronxitax v klinike» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar I.Irgashev nomidagi 4-sonli klinik shifoxonasi (2024 yil 19 yanvar, 21-sonli qaror) va Toshkent viloyati Bo‘stonliq TTB (2024 yil 24 yanvar, 31-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: traxeobronxitni kompleks davolashda metilen ko‘k yordamida traxeobronxial daraxtni nebulayzerli antibakterial fotodinamik sanatsiyasi usuli joriy etildi, undan foydalanish ayniqsa II va III darajali bronxial shilliq qavatning shish va diffuz giperemiyasi bo‘lgan bemorlarda samarali bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning reanimatsiya bo‘limidagi bo‘lish muddati 1 kunga qisqarganini va shuningdek, jarrohlik bo‘limidagi umumiy bo‘lish muddatining qisqarishi inobatga olinganda: 9 661 520 so‘m. Reanimatsiya bo‘limida 1 kun va jarrohlik bo‘limida 2 kunga qisqartirilganida, har bir bemor uchun byudjet mablag‘larining tejalishi quyidagicha bo‘ldi: 2 698 260 so‘m. Shunday qilib, fotodinamik terapiyaning yangicha usulini qo‘llagan holda xolesistektomiyadan keyingi 26 nafar bemorni davolash 2 698 260 x 26 = 70 154 760 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: qorin bo‘shlig‘idagi shoshilinch jarrohlikda amaliyotdan keyingi yiringli traxeobronxitning eng keng tarqalgan patogenlari S. Aureus -10,7%, Staphylococcus aureus MR - 3,3%, Acinetobacter spp. - 6,2%, Esherichia coli - 18,2%, Klebsiella pneumonia - 6%, Pseudomonas aeruginosa-10,7% i gribi roda Candida -10,7% patogen bakteriyalardir, in vitro tajribalarda MK eritmasi yordamida fotodinamik effektlarga yuqori sezgir bo‘ladi. Bunda to‘lqin uzunligi – 632,8 nm, quvvat zichligi – 120 mVt/sm2, ekspozisiya 90-180 soniya bo‘ladi va MK fotosensibilizatori 0,05% konsentratsiyada, lazer nurlantirgichi quvvat zichligi 25-35 Dj/sm2 bo‘ladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘i shoshilinch jarrohligida jarrohlik amalietidan keyingi yiringli traxeobronxitlarni oldini olish va davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 24-iyundagi 7186-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir jarrohlik kasalliklarida amaliyot o‘tkazilgan bemorlarda traxeobronxeal bo‘shliqdan olingan bakteriyalarga metilen ko‘k fotosensibilizatorning antibakterial xususiyatlari in vitro tajribada aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir jarrohlik kasalliklarida amaliyot o‘tkazilgan bemorlarda traxeobronxeal bo‘shliqdan olingan bakteriyalarga metilen ko‘k fotosensibilizatorning antibakterial xususiyatlari bo‘yicha takliflar Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining muvoffiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 17 oktyabr kunidagi 03/105 – sonli qaror xulosa bilan tasdiqlangan «Fotodinamicheskaya sanatsii bronxeal`nogo dereva s ispol`zovaniem fotosensibilizatora «metilenovaya sin`» pri gnoynix traxeobronxitax v klinike» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar I.Irgashev nomidagi 4-sonli klinik shifoxonasi (2024 yil 19 yanvar, 21-sonli qaror) va Toshkent viloyati Bo‘stonliq TTB (2024 yil 24 yanvar, 31-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda amaliyotdan keyingi traxeobronxit va pnevmoniyaning oldini olish uchun traxeobronxial daraxtning intraoperatsion fotodinamik bronxoskopik sanatsiyasidan foydalanish imkoniyati aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda amaliyotdan keyingi traxeobronxit va pnevmoniyaning oldini olish bilan odatda umumiy o‘rtacha 1 234 400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 212 800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: tajribaviy hayvonlarda hosil qilingan yiringli endobronxitni bronxoskopik fotodinamik sanatsiya yordamida traxeobronxial daraxtidan patologik sekresiyalarni olib tashlash orqali davolash natijalarini yaxshilashi morfologik tasdiqlangan va 3-kuni yallig‘lanish o‘zgarishlarining kamroq rivojlanishiga, 7-kuniga kelib, yallig‘lanish jarayonining susayishiga hissa qo‘shadi, bu esa o‘z novbatida yiringli traxeobronxitning o‘pka asoratlari rivojlanishi oldini oladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘i shoshilinch jarrohligida jarrohlik amalietidan keyingi yiringli traxeobronxitlarni oldini olish va davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 24-iyundagi 7186-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i organlarida shoshilinch amaliyotdan so‘ng, ishlab chiqilgan yiringli traxeobronxit bor bemorlarni kompleks davolashda 0,05% konsentratsiyali metilen ko‘k yordamida traxeobronxial shajarasini fotodinamik sanatsion fibrobronxoskopiyasi o‘ziga xos texnikasi tajribaviy ravishda ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin bo‘shlig‘i organlarida shoshilinch amaliyotdan so‘ng, ishlab chiqilgan yiringli traxeobronxit bor bemorlarni kompleks davolashda 0,05% konsentratsiyali metilen ko‘k yordamida traxeobronxial shajarasini fotodinamik sanatsion fibrobronxoskopiyasi o‘ziga xos texnikasi bo‘yicha takliflar Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining muvoffiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 17 oktyabr kunidagi 03/105 – sonli qaror xulosa bilan tasdiqlangan «Fotodinamicheskaya sanatsii bronxeal`nogo dereva s ispol`zovaniem fotosensibilizatora «metilenovaya sin`» pri gnoynix traxeobronxitax v klinike» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shahar I.Irgashev nomidagi 4-sonli klinik shifoxonasi (2024 yil 19 yanvar, 21-sonli qaror) va Toshkent viloyati Bo‘stonliq TTB (2024 yil 24 yanvar, 31-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar va yuqorida bayon qilingan ma’lumotlarga asosan, 0,05% suvli metilen ko‘ki eritmasi bilan bronxoskopik sanatsiya fotodinamik terapiyadan foydalanish davolash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu fotosensibilizatordan foydalanish katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi va muhim davolash samarasini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning reanimatsiya bo‘limidagi bo‘lish muddati 1 kunga qisqarganini va shuningdek, jarrohlik bo‘limidagi umumiy bo‘lish muddatining qisqarishi inobatga olinganda: 9 661 520 so‘m. Reanimatsiya bo‘limida 1 kun va jarrohlik bo‘limida 2 kunga qisqartirilganida, har bir bemor uchun byudjet mablag‘larining tejalishi quyidagicha bo‘ldi: 2 698 260 so‘m. Shunday qilib, fotodinamik terapiyaning yangicha usulini qo‘llagan holda xolesistektomiyadan keyingi 26 nafar bemorni davolash 2 698 260 x 26 = 70 154 760 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: sensibilizatsiyalangan metilen ko‘kining 0,05% konsentratsiyali eritmasi bilan sanatsion bronxoskopik lazer nurlanishni qo‘llash, bunda lazer nurlanishining ta’sir qilish vaqti 3 minut, energiya zichligi 99 Dj/sm2, qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir jarrohlik kasalliklari bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va og‘ir traxeobronxit bo‘lgan bemorlarda 76,09% samarali bo‘ldi. Shu bilan birga, standart eritmalardan foydalanish nazorat guruhidagi bemorlarning 11,54% da samarali bo‘ldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘i shoshilinch jarrohligida jarrohlik amalietidan keyingi yiringli traxeobronxitlarni oldini olish va davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 24-iyundagi 7186-sonli xat yuborilgan.