Umarova Gulnoza Qudratillaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlagan temirtikan o‘simligining farmakognostik tahlili», 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Far10.

Ilmiy rahbar: Komilov Xo‘jiasror, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.

Rasmiy opponentlar: Zaynutdinov Xikmatilla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Bobaev Isomiddin Davronovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika eksperti-zasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlagan temirtikan o‘sim-ligining farmakognostik ko‘rsatkichlarini aniqlash va uni tibbiyot amaliyotida qo‘llash yuzasidan me’yoriy hujjatlarni  ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:

er bag‘irlagan temirtikan o‘simligi tarkibidagi asosiy biologik faol moddalarning kimyoviy va miqdoriy tarkibi aniqlangan;

temirtikan o‘simligining asosiy ta’sir qiluvchi furostanol saponinlarning sifat-miqdoriytahlil usullari ishlab chiqilgan;

o‘simlik xomashyosining optimal saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddatlari ishlab chiqilgan;

er bag‘irlagan temirtikan o‘simligi xomashyosi va quruq ekstraktini standartlash usullari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda o‘sadigan er bag‘irlagan temirtikan o‘simligining farmakognostik tahlili  bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:

er bag‘irlagan temirtikan o‘simligi xomashyosi uchun vaqtinchalik farmakopeya maqolasi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (VFS 42 Uz-3282-2018). Ushbu vaqtinchalik farmakopeya maqolasining ishlab chiqilishi quruk ekstrakt olish imkonini bergan;

o‘simlikdan olingan quruq ekstrakt uchun  vaqtinchalik farmakopeya maqolasi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (VFS 42 Uz-3283-2018). Ushbu vaqtinchalik farmakopeya maqolaning ishlab chiqilishi adaptogen dori vositasini olishda xizmat qilgan;

temirtikan o‘simligidan olinadigan adaptogen dori vositasini ishlab chiqishga joriy etish uchun “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” davlat unitar korxonasi guvohnomasi olingan (DV/M 02002/02/18). Natijada mazkur o‘simlikdan tayyorlanadigan adaptogen dori vositasini ishlab chiqishning me’yoriy-huquqiy asosi yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish