Chalaboeva Zilola Mirzakarim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi 3d-metallarning 1,2,4-aminotriazol hosilalari bilan kompleks birikmalarini sintezi va tadqiqoti», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K612.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shahnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ibodulloeva Mavjuda Ibodulloevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mn(II), Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn tuzlari bilan 1,2,4-aminotriazol hosilalari asosida metallkomplekslarni sintez qilish hamda ularning tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 1,2,4-aminotriazol hosilalari asosida Mn(II), Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn ning atsetatli, xloridli, nitratli 28 ta yangi metallkomplekslar sintez qilingan;
kvant-kimyoviy hisoblashlar yordamida ligandlarning energetik parametrlari, atomlardagi zaryad taqsimoti hisoblangan hamda L1 dagi triazol halqasidagi azot, L2 da esa halqadagi azot va atsetamid guruhidagi kislorod atomlaridan koordinatsiya ketishining nazariy ehtimolligi aniqlangan;
element, energiya-dispersion, termik tahlil, elektron, IQ-,Raman-,UB-spektroskopik usullar yordamida sintez qilingan yangi metallkomplekslarning individualligi hamda kristall va eritma holatida ligandlarning oraliq metall ionlariga koordinatsiyalanishi aniqlangan;
ilk bor [Mn2(L1)4((Ch3COO)2)2]n, [Cu(L2)2(H2O)2]Cl2, [Zn(L2)2(H2O)2]Cl2, [Ni(L2)2(H2O)2](NO3)2·H2O kompleks birikmalarning monokristallari olingan va rentgentuzilish tahlil yordamida barcha kompleks poliedrlar oktaedr tuzilishda bo‘lishi isbotlangan;
suvli eritmada hosil qilingan komplekslarning barqarorlik konstantalari qiymatlari hisoblanib, Mn2+˂Co2+˂Ni2+˂Cu2+>Zn2+ ketma-ketligida ortib borishi aniqlangan, bu esa Irving-Uilyams qatori qonuniyatiga mos kelishini ko‘rsatgan;
misli komplekslardagi elektron va stereokimyoviy ta’sirlar hamda koordinatsion poliedrdagi Yan-Teller effekti hisobiga oktaedrning qiyshayishi yuzaga kelgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mn(II), Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn atsetatli, xloridli, nitratli yangi metallkomplekslarining sintezi, fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bitta yangi birikmaning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Crystallographic Data Centre, https://www.ccdc.cam, CCDC depozit raqami 2348448). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalarga o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tafsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
sintez qilib olingan [Cu(L2)2(H2O)2]Cl2 kompleks birikmasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ da metall konstruksiyalar va qurilmalar biokorroziyasiga qarshi ingibitor sifatida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023-yil 23-iyuldagi №427/GK-06-sonli ma’lumotnomasi). [Cu(L2)2(H2O)2]Cl2 kompleks birikmasi anaerob korroziyaning samarali ingibitori bo‘lib, metallar korroziyasini keltirib chiqaruvchi litotrof bakteriyalarga qarshi yuqori ta’sirchanlikni namoyon qildi. Ishlab chiqilgan biokorroziya ingibitorining tajribaviy-sanoat sinovlari, mahalliy va xorijiy brendlarning mavjud ingibitorlari bilan taqqoslanganda ijobiy natijalarga erishildi, himoya ta’siri 77-79% ga teng;
sintez qilib olingan [Cu(L2)2(H2O)2]Cl2 kompleks birikmasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ da metall konstruksiyalar va qurilmalar biokorroziyasiga qarshi ingibitor sifatida amaliyotga joriy etilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2024-yil 2-apreldagi №02-03-01/97-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyasi va qurilmalarida korroziya jarayoniga qarshi ingibitor sifatida qo‘llash imkonini bergan.