Turaxonov Shoxrux Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anor po‘stlog‘i asosida yangi tovarlar olish va ularning xalq tabobatidagi ahamiyati», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K539.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; [Isaqov Xayatulla], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mo‘minova Go‘yo Alidjanovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anor po‘stlog‘i asosida biologik faol moddalarni ajratib olish, ularning ayrim hosilalarini sintez qilish, ular asosida qishloq xo‘jaligi va xalq tabobatida qo‘llash uchun yangi tovarlar olish hamda ularni sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anor po‘stlog‘i va urug‘i tarkibidagi vitaminlar, oqsillar, makro-mikroelementlar, uglevodlar miqdorlari zamonaviy fizik-kimyoviy analiz usullari yordamida aniqlangan;
anor po‘stlog‘i tarkibida ko‘p miqdorda bo‘lgan va ajratib olingan gall kislotasining efirlarini sintez qilish usullari ishlab chiqilgan;
sintez qilingan yangi biologik faol moddalarni laboratoriya va dala amaliyotida sinovlardan o‘tkazilganda ularning ayrimlari chigitni unishi va paxta hosildorligini oshiruvchi biostimulyator ekanligi aniqlangan;
gall kislotasi asosida olingan yangi biostimulyator kimyoviy tarkibidagi o‘rinbosarlarning turiga ko‘ra sinflandi va ularga TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan;
klinik tadqiqotlar natijalarida “ASTUR” nomli yangi surtmaning psoriaz teri kasalligini davolash xususiyatiga ega, samarali vosita ekanligi isbotlangan;
anor po‘stlog‘i asosida ishlab chiqilgan “ASTUR” nomli surtmaga TIF TN qoidalari asosida yangi xalqaro tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anor po‘stlog‘i asosida yangi tovarlar olish va ularning xalq tabobatidagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida
anor po‘stlog‘i asosida ishlab chiqilgan ASTUR (AntiPsoriaz-20) surtma malhamini “Oltin Vodiy Tabiati MChJ” da ishlab chiqarish uchun tashkilot standarti (S 303271760-03:2023) va texnologik yo‘riqnoma tasdiqlangan (TY 558372472-01:2024). (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 25.08.2023 yildagi 31-8/1320-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 28.06.2024 yildagi 26-11b-563-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot Bosh boshqarmasining 2024yil 9 oktyabrda № 017840-sonli xulosasi). Natijada, anor chiqindisi asosida psoriaz teri kasalligini davolovchi malham ishlab chiqarish imkonini bergan;
anor po‘stlog‘ining parafindagi ekstrakti asosida psoriaz va boshqa teri kasalliklarini davolash maqsadida ishlab chiqilgan “ASTUR” (Antipsoriaz-20) nomli surtma malham, hamda gall kislotasi asosida sintez qilingan biostimulyatorlar tovar sifatida sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha quyidagicha: “meva po‘stloqlarining organik erituvchilaridagi ekstrakti” uchun – 2106 90 980 6, “gall kislotasining monometiloltiomochevinali efiri” uchun – 2918290001, “gall kislotasining monometilolmochevinali efiri” uchun – 2918290002 yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilib, bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 22 yanvardagi 02/16-0029-son, 2023 yil 30 maydagi 17/05-23-0370-son ma’lumotnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 07/35-04/2473-son ma’lumotnomasi). Natijada, anor po‘stlog‘i asosida ishlab chiqilgan surtmalar va gall kislotasining ayrim efirlarini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.