Ibragimov Akmal Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy va sanoat chiqindilari hamda ammiakli selitra asosida murakkab kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5001.
Ilmiy rahbarlar: Tojiev Rustambek Rasulovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Bahodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy kullar va sanoat chiqindisi triynatriyfosfatni ammiakli selitraga qo‘shish orqali azot-kaliyli va azot-fosfor-kaliyli murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy kullarning ammiakli selitraga qo‘shish orqali azot-kaliyli murakkab o‘g‘itlar olishdagi maqbul sharoitlar aniqlangan;
TNFCh va mahalliy kullarning ammiakli selitraga qo‘shish orqali azot-fosforli va azot-fosfor-kaliyli murakkab o‘g‘itlar olishdagi maqbul sharoitlar aniqlangan;
mahalliy kullar va TNF chiqindilarining ammiakli selitraga qo‘shish orqali azot-kaliyli va azot-fosfor-kaliyli murakkab o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xossalari yaxshilangani isbotlangan;
mahalliy kullar va sanoat chiqindilarining ammiakli selitraga qo‘shish orqali azot-kaliyli va azot-fosfor-kaliyli murakkab o‘g‘itlar olishning material oqimi hisoblangan va texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy va sanoat chiqindilarini ammiakli selitraga qo‘shish orqali azot-kaliyli va azot-fosfor-kaliyli murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
ammiakli selitra va mahalliy kullari asosida NK-o‘git hamda ammiakli selitra va sanoat chiqindisi trinatriyfosfat asosida NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Farg‘onaazod» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘onaazod» AJning 2024 yil 20 fevraldagi 10/428-son ma’lumotnomasi). Natijada, donador azot-kaliyli va azot-fosfor-kaliy tutgan murakkab o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
mahaliy kullarni ammiakli selitra eritmasiga nisbatlarga mos ravishda qo‘shish orqali murakkab azot-kaliyli o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2024 yil 3 iyundagi 68-son ma’lumotnomasi). Natijada shudgorlashdan oldin solishga yaroqli bo‘lgan murakkab azot-kaliyli o‘g‘it olishga imkon beradi;
sanoat chiqindisi triynatriyfosfatni ammoniy nitrat eritmasiga qo‘shish orqali donador murakkab NPK-o‘g‘it olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJning 2024 yil 3 iyundagi 68-son ma’lumotnomasi). Natijada, donador azot-fosfor-kaliy tutgan murakkab o‘g‘itlar olish imkonini beradi.