Sharifova Maxliyo Zarif qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash faoliyatini takomillashtirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P616.
Ilmiy rahbar: Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash faoliyatini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash faoliyatini takomillashtirishning psixologik xususiyati ta’lim jarayonidagi talabaning o‘z-o‘ziga bo‘lgan to‘g‘ri munosabat bilan xulq-atvorini tartibga solishning o‘zaro adekvat va ekvivalent ta’siri orqali kasbiy mas’uliyatni rivojlanishiga asoslanib, shaxsning faoliyatga ijodiy munosabati bilan determinatsiyalashganligi isbotlangan;
murakkab topshiriqlar bilan ishlash jarayonida intellektual faoliyatning pastligi sababli o‘zining faoliyatini adekvat tashkil eta olmasligi, musobaqalashuv motivining regressiyalashuvi tufayli agressiv xulq-atvor motivatsiyasini kuchayib ketishi natijasida talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantira olmasliklari asoslangan;
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashiga ichki ustun motivlarning ta’siri natijasida o‘quv faoliyatidagi ichki motivlarning rejalashtirish, natijalarni baholash, moslashuvchanlik, musobaqalashuv motivining mustaqillik sifatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs xulq-atvorini tartibga solish uslubi muhim psixologik omil ekanligi dalillangan;  
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan model tafakkur kengligi, kuzatuvchanlik, sezgirlik, operativ xotira, konstruktivlik sifatlarini hissiy-irodaviy xususiyatlarga uyg‘un holda namoyon bo‘lishi sababli kognitiv, emotsional, irodaviy, axloqiy komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash faoliyatini takomillashtirishning  psixologik xususiyatlari mavzusini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash faoliyatini shakllantirishning psixologik xususiyati ta’lim jarayonidagi talabaning o‘z-o‘ziga bo‘lgan to‘g‘ri munosabat bilan xulq-atvorini tartibga solishning o‘zaro adekvat va ekvivalent ta’siri orqali kasbiy mas’uliyatni rivojlanishiga asoslanib, shaxsning faoliyatga ijodiy munosabati bilan determinatsiyalashganligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-189-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-189a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash faoliyatini shakllantirishning psixologik xususiyati aniqlashtirilgan;
murakkab topshiriqlar bilan ishlash jarayonida intellektual faoliyatning pastligi sababli o‘zining faoliyatini adekvat tashkil eta olmasligi, musobaqalashuv motivining regressiyalashuvi tufayli agressiv xulq-atvor motivatsiyasini kuchayib ketishi natijasida talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantira olmasliklari asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-189-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-189a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabada o‘z ustida mustaqil ishlashga murakkab topshiriqlar bilan ishlash jarayonidagi intellektual faoliyatning ta’siri ochib berilgan.
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashiga ichki ustun motivlarining ta’siri natijasida o‘quv faoliyatidagi ichki motivlarini rejalashtirish, natijalarni baholash, moslashuvchanlik, musobaqalashuv motivining mustaqillik sifatlariga uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxs xulq-atvorini tartibga solish uslubi muhim psixologik omil ekanligi dalillangan takliflar “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-189-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-189a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashiga ichki ustun motivlarining ta’sirini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan model tafakkur kengligi, kuzatuvchanlik, sezgirlik, operativ xotira, konstruktivlik sifatlarini hissiy-irodaviy xususiyatlarga uyg‘un holda namoyon bo‘lishi sababli kognitiv, emotsional, irodaviy, axloqiy komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-189-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-189a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan modeli va u asosida psixologik trening dasturini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish