Olimova Firuza Aslonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P600.
Ilmiy rahbar: G‘ofurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shalola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Nuralieva Durdona Ma’murjonovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaslik yoki hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslasha olmaslik, qiyin vaziyatlarni og‘riqli qabul qilishiga bog‘liq holda talabalarning ta’limga moslashishi bilan bog‘liq xususiyatlarning yangi psixologik tuzilma sifatida rivojlanishiga bog‘liq ravishda emotsional intellektning shakllanganligiga xos differensial farqlarning mavjudligi asoslangan;
bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasi ta’lim jarayonida «muammoni hal etish» va “muammodan qochish” strategiyasining bahs-munozaraga kirishish, kelishuvchanlik sifatlari bilan teskari korrellyasiyalanganligiga asoslanib, nizoli vaziyatlardagi xulq strategiyalarida ifodalanishi dalillangan;
bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikni namoyon bo‘lishida koping strategiya usullarining qo‘llanilishi “realist” va “faol optimist”larda “muammoni hal etish”, “faol pessimist” va “passiv pessimist”larda “muammodan qochish” usulining dominantligi tufayli shaxs pozisiyalarini individual qo‘llanilishi asoslangan;
bo‘lajak pedagoglardagi stressga barqarorlikni shakllantirishda “talaba-talaba”, “talaba-pedagog”, “talaba-ota-onalar” munosabatlari tizimida konativ komponentlarga ustuvorlik berish orqali “koping strategiya”ning faol usuliga murojaat qilish ko‘nikmasini rivojlantirish muhimligi tufayli shaxs hissiy sohasini kognitiv omillarga bog‘liq holda barqarorlashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaslik yoki hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslasha olmaslik, qiyin vaziyatlarni og‘riqli qabul qilishiga bog‘liq holda talabalarning ta’limga moslashishi bilan bog‘liq xususiyatlarning yangi psixologik tuzilma sifatida rivojlanishiga bog‘liq ravishda emotsional intellektning shakllanganligiga xos differensial farqlarning mavjudligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-188a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikning namoyon bo‘lishiga emotsional intellektning ta’siri aniqlanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha aniqlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasi ta’lim jarayonida “muammoni hal etish” va “muammodan qochish” strategiyasining bahs-munozaraga kirishish, kelishuvchanlik sifatlari bilan teskari korrellatsiyalanganligiga asoslanib, nizoli vaziyatlardagi xulq strategiyalarida ifodalanishi aniqlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-188a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasi nizoli vaziyatlardagi xulq strategiyalariga bog‘liqligi ochib berilgan;
bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikni namoyon bo‘lishida koping strategiya usullarining qo‘llanilishi “realist” va “faol optimist”larda “muammoni hal etish”, “faol pessimist” va “passiv pessimist”larda “muammodan qochish” usulining dominantligi tufayli shaxs pozisiyalarini individual qo‘llanilishi asoslangan takliflar “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-188a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda stressga barqarorlikni namoyon bo‘lishida shaxs pozisiyalarining o‘rni aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglardagi stressga barqarorlikni shakllantirishda “talaba- talaba”, “talaba-pedagog”, “talaba-ota-onalar” munosabatlari tizimida konativ komponentlarga ustuvorlik berish orqali “koping strategiya”ning faol usuliga murojaat qilish ko‘nikmasini rivojlantirish muhimligi tufayli shaxs hissiy sohasini kognitiv omillarga bog‘liq holda barqarorlashtirish zarurati asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 4-sentyabrdagi PM-188-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-sentyabrdagi PM-188a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglardagi stressga barqarorlikni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va psixologik dastur ishlab chiqilgan.