Kxera Aksheyning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Proliferativ diabetik retinopatiya va kataraktali bemorlarni davolashda vitreal jarrohlik usulini takomillashtirish (prognostik jihatlari)», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Tib157.
Ilmiy rahbar: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12. 2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Diana Cormos, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Xalidjon Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Siloam» oftal`mologik klinikasi, Seul (Janubiy Koreya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: proliferativ diabetik retinopatiyasi bo‘lgan ko‘zlarda vitreoretinal jarrohlikning tuzilmali-funksional natijalariga dastlabki to‘r parda lazerokoagulyasiyasining ta’sirlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vitreoretinal aralashuv davrigacha oldindan lazerokoagulyasiya qilinishi ko‘rish faoliyatining saqlanishiga va proliferativ diabetik retinopatiyaning salbiy asoratlari sonini qisqarishiga olib kelishi asoslangan;
lazerokoagulyasiyadan so‘ng ko‘zning nisbiy stabil holati, shishasimon tananing silikon moyi bilan tamponadasini kamayishi isbotlangan;
ko‘z ichi bosimini me’yoriy saqlanishiga yordam beruvchi omillar bo‘lib, to‘r pardaning oldindan lazerokoagulyasiya qilinishi va shishasimon tananing tamponadalanmaganligi bir-biridan mustaqil tarzda hisoblanishi isbotlangan;
proliferativ diabetik retinopatiyaning erta bosqichlaridagi to‘r pardaning lazerokoagulyasiyasi natijasida bemorlarni davolash samaradorligini oshishi, sog‘liqni saqlash amaliyotida muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan;
fonli yoki kataraktaning qo‘shma jarrohlik amaliyotlari (FEK+IOL), proliferativ diabetik retinopatiyada vitreoretinal jarrohlikning tuzilmaviy va funksional natijalariga ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Proliferativ diabetik retinopatiya va kataraktasi bo‘lgan bemorlarni davolashda vitreoretinal jarrohlik usulining samaradorligini mukamallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Hindistonning Amritsar Shtatining «SB Dr. Sohan Singh Eye Hospital», «Samarqand tibbiyot institutining ko‘z kasalliklari shifoxonasi» va Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi va uchinchi klinikalarining amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 8 noyabrdagi 8n-m/347-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi proliferativ diabetik retinopatiyaning jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini kamaytirishga qaratilgan vitreoretinal jarrohlik amaliyoti ekanligi bilan izohlanadi.