Djumanazarova Zulfiya Kojabaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magniy va kal`siy nitratlarining bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01–Noorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K58.

Ilmiy rahbar: Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Nuralieva Go‘zal Abduxamidovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: magniy va kal`siy nitratlarini amidli hosilalar bilan bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

magniy, kal`siy nitratlarining 54 ta bir turli va aralash ligandli yangi koordinatsion birikmalari sintez qilingan;

rentgenfazaviy tahlil va IQ-spektroskopiya usullari yordamida sintez qilingan birikmalarning individualligi hamda ligandlar va nitrat anionining markaziy ionga koordinatsiyalanishi aniqlangan;

ilk bor rentgenstrukturaviy tahlil yordamida [Ca(NO3)2(NC5H4CONH2)2(H2O)2] koordinatsion birikmaning kristall strukturasi aniqlangan;

sintez qilingan birikmalarning termik xossalari aniqlangan va termoliz mahsulotlari identifikatsiyalangan;

kvant-kimyoviy usullar yordamida sintez qilingan birikmalarning energetik parametrlari, atomlarda zaryadlar taqsimlanishi, geometriyasi va reaksion qobiliyati aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Magniy, kal`siy nitratlarining bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

SaNitKTK stimulyatori Qoraqalpog‘iston dehqonchilik va paxta etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy-tekshirish institutida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 iyundagi 07/23-208-son ma’lumotnomasi). Natijada SaNit·K·TK stimulyatori bilan ishlov berilgan chigitning unib chiqish muddatini 3–5 kunga, paxtaning ochilish muddatini 7–10 kunga  qisqartirish va hosildorlikni 15–20% oshirish imkonini bergan;

SaNitKTK stimulyatori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 4 iyundagi 07/23-208-son ma’lumotnomasi). Natijada SaNitKTK stimulyatori bilan ishlov berilgan chigitning unib chiqish muddatini 3–5 kunga, paxtaning ochilish muddatini 5–8 kunga  qisqartirish va hosildorlikni 10–15% oshirish imkonini bergan;

diakva-dinitrato-bis-nikotinamid birikmaning rentgen tuzilish tahlil natijalari Kembrij markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database,  https://www.ccdc.cam, CCDC, 1850646). Natijada bazaga kiritilgan yangi modda o‘xshash moddalarni sintez qilishda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish