Madgaziev Iskandarshoh Abduvosit o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qori Zokirning hayoti va adabiy merosi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3343.
Ilmiy maslahatchi: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023 Fil.60.07.
Rasmiy opponentlar: Muhammadjonova Go‘zal, filologiya fanlari doktori, dotsent; Zohidova Durdona Lutfullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qori Zokirning biografiyasini ilmiy asosda yaratish, she’rlarining manbalarini aniqlash orqali ularning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, janriy tarkibi hamda poetikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Qori Zokir XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmi Qo‘qon va Andijon adabiy muhitining namoyandalaridan Muqimiy, Zavqiy, Muhyi, Muhib, Mushtoq va boshqalar bilan yaqin ijodiy munosabatda bo‘lganini ochib berilib, uning dastxat devoni aniqlangan hamda to‘la ilmiy tavsifi amalga oshirilgan;
Qori Zokirning tarjimayi holi ilmiy jihatdan qo‘lyozma va og‘zaki manbalar, muzey va arxiv materiallari asosida tiklangan, jumladan, tavallud sanasi bilan bog‘liq noaniqliklarga oydinlik kiritilgan;
shoir ijodidagi an’ana va adabiy ta’sir masalalarini tekshirish orqali uning ko‘p asrlik mumtoz she’riyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganligi, mavjud an’analar doirasida qalam tebratib, yangi poetik obrazlar yaratgani va badiiy tasvir vositalarni qo‘llash orqali muayyan poetik izlanishlarga qo‘l urganligi asoslangan;
Qori Zokir adabiy merosini tashkil etuvchi g‘azal, murabba’, muxammas va musaddas kabi janrlardagi she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, janriy hamda kompozision o‘ziga xosliklari, badiiy mahorati qirralari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qori Zokir hayoti va adabiy merosini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Qori Zokir XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmi Qo‘qon va Andijon adabiy muhitining namoyandalaridan Muqimiy, Zavqiy, Muhyi, Muhib, Mushtoq va boshqalar bilan yaqin ijodiy munosabatda bo‘lgani xususidagi xulosa va faktik materiallardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 4-iyuldagi 744/04-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, foydalanuvchilarga qulaylik yaratilgan;
Qori Zokirning tarjimayi holi ilmiy jihatdan qo‘lyozma va og‘zaki manbalar, muzey va arxiv materiallari asosida tiklangan, jumladan, tavallud sanasi bilan bog‘liq noaniqliklarga kiritilgan oydinliklar hamda uning ijodi janrlar tarkibi, mavzu mundarijasi, obrazlar tizimi, she’riyatining poetikasi: badiiy tasvir vositalari, vazn va qofiya xususiyatlari bo‘yicha takliflardan Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti bo‘limida TRE229 Çağdaş Türk Lehçeleri I, TRE230 Çağdaş Türk Lehçeleri II, TRE331 Çağdaş Türk Dünyası Edebiyatı I, TRE332 Çağdaş Türk Dünyası Edebiyatı II darslarida foydalanilgan (Karabük universiteti Adabiyot fakultetining 2024-yil 7-iyundagi E-90739016-876.02-347474-son ma’lumotnomasi). Natijada darslar ilmiy-nazariy dalillar bilan boyigan;
shoir ijodidagi an’ana va adabiy ta’sir masalalarini tekshirish orqali uning ko‘p asrlik mumtoz she’riyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganligi, mavjud an’analar doirasida qalam tebratib, yangi poetik obrazlar yaratgani va badiiy tasvir vositalarni qo‘llash orqali muayyan poetik izlanishlarga qo‘l urganligi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Andijon viloyat tarixi va madaniyati muzeyi O‘zbekiston xalq shoiri Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Habibiy yodgorlik bo‘limi hamda Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon yodgorlik bo‘limlari ekspozision reja va konsepsiyalarini tayyorlashda, shuningdek, har ikki muzey bo‘limlarida tashkil etiladigan davra suhbatlari, adabiy anjumanlar, xotira kechalari, maxsus o‘quv-darslar va ekskursiyalarda mazkur dissertatsiya ilmiy xulosa va natijalaridan foydalanilgan (Andijon viloyati Madaniy meros boshqarmasining 2024-yil 6- iyundagi 01-06/96-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey bo‘limlari reekspozisiyasida, ekspozisiyadan o‘rin olgan lavhalar mazmunining boyishi va muzeyda tashkil etiladigan ilmiy-ma’rifiy tadbirlar rejalarini ishlab chiqishda samaradorlikka erishilgan;  
Qori Zokir adabiy merosini tashkil etuvchi g‘azal, murabba’, muxammas va musaddas kabi janrlardagi she’rlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, janriy hamda kompozision o‘ziga xosliklar tahlil etilgan materiallardan Andijon viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Xazinamsan kitob”, “Bahs, muloqot, tahlil”, “Nash kray” ko‘rsatuvlari hamda “Andijon – FM.106” radiosining “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Ko‘ngil bekati”, “Har to‘g‘rida”, “She’riyat gulshani” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-iyundagi 01-13/22-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish