Fayzullaeva Nigora Yax’yaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda mukovissidozning turli ko‘rinishlari patogenezida immunogenetik mexanizmlar», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib131.
Ilmiy rahbar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSs.30.08.2018.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori; Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘ta toza biopreparatlar davlat ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda mukovissidozning turli ko‘rinishlarini immunogenetik tashxislash va asoslangan korregirlovchi davolash usullarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mukovissidozda erta faollashuv markerli limfotsitlarning proliferatsiyasi va differensirlanishi jarayoni bilan IFNγ ishlab chiqarilishi o‘zgarishining o‘zaro teskari bog‘liqligi aniqlangan;
mukovissidozli bolalarda yod patogenga nisbatan mutanosib ravishda yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, xemokinlar va IgE miqdorlari ortishining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor mukovissidozli bolalar va onalarda SFTR genining mutatsiyalari, ko‘p uchraydigan allellari va gaplotipik assotsiatsiyalari aniqlangan;
ilk bor mukovissidozda kasallik shakllanishiga daxldor TNFα(-308) genining polimorfizmi aniqlangan;
mukovissidozning turli ko‘rinishlarida immun tizim holati o‘zgarishlarini bashoratlashda immunologik ko‘rsatkichlar siljishi koeffisienti va kasallik kechishini prognozlash indeksi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda mukovissidozning turli ko‘rinishlari patogenezida immunogenetik mexanizmlarni aniqlash, tashxislash va davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mukovissidozda immun mexanizmlar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 23 noyabrdagi 8n-d/60-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mukovissidozli bolalarni immunogenetik tashxislash, xavf guruhini aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Mukovissidoz kasalligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 16 maydagi 8n-p/130-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mukovissidoz etiologiyasi, patogenezi va klinikasi haqida ma’lumotlar olish hamda erta tashxislash va kelib chiqadigan asoratlarining oldini olishga xizmat qilgan;
DGU 05386 sonli «Bolalarda mukovissidoz kechishi og‘irligini prognozlash uchun dastur» (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi reestrida 2018 yil 6 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Mazkur dasturiy patent bolalarda mukovissidozni kechishi, kasallik shaklini erta baholash va davolashni barvaqt boshlash orqali og‘irligini prognozlashga xizmat qiladi;
bolalarda mukovissidozning turli ko‘rinishlari patogenezida immunogenetik mexanizmlarni aniqlash, tashxislash va davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Temir yo‘llari bolalar shifoxonasi va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 5 dekabrdagi 8n-z/44-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik remissiya muddatini uzaytirish, asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.