Suyarov Akram Amirkulovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajada beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyodan olingan flavonoid va polisaxarid preparatlarining allergiyaga qarshi va immunomodullovchi xossalarini baholash», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib209.

Ilmiy rahbar: Batirbekov Akram Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti,  DSc.30.08.2018.Tib.50.01.

Rasmiy opponentlar: Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori; Yuldashev Ilxom Ruzievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Federal tibbiy-biologik agentligi Immunologiya instituti davlat ilmiy markazi (Rossiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyodanolingan flavonoidlar va polisaxaridlar preparatlarining allergiyaga qarshi va immunmodullovchi ta’sirini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor mahalliy xomashyodan olingan flavonoidlar va polisaxaridlarning allergiya jarayonida N1- gistamin reseptorlarini o‘rab olishi va immunitet ko‘rsatkichlarini mutanosib ravishda me’yorlashtirishi aniqlangan;

«Allergodaf» preparatining allergiyada gistaminga qarshi ta’siri isbotlangan;

«Immunokor» preparatining antitelo hosil qiluvchi hujayralar faolligini kuchaytirishi aniqlangan;

«Immunokor»ning qon yaratuvchi hujayralar proliferatsiyasini kuchaytirishi, fagotsitoz jarayonini faollashtirishi va sekinlashgan tipdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyasini sustlashtirishi aniqlangan;

«Immunokor» preparatining o‘tkir toksik gepatit holatida immunitet ko‘rsatkichlari o‘zgarishlariga immunmodullovchi ta’siri aniqlangan;

«Immunokor» preparati in vitro testida SOO‘Kli bemorlarning immunokompetent hujayralarini faollashtirishi hamda sitokinlar miqdorini me’yorlashtirishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy xomashyodan olingan flavonoidlar va polisaxarid preparatlarining allergiyaga qarshi va immunmodullovchi ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Immunitetni stimullovchi faollikka ega bo‘lgan dori vositasini olish usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05482, 05.09.2017 y.) O‘simlik moddalari kimyosi institutining dori vositalari tajriba ishlab chiqarish korxonasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 5 dekabrdagi 8n-z/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur patent samaradorligi jihatidan xorij analogidan qolishmaydigan, import o‘rnini bosuvchi, immunostimullovchi faollikga ega va mamlakatimiz bozorini mahalliy xomashyosidan olinadigan zararsiz arzon dori vositalari bilan boyitishga imkon yaratdi;

«Uch bo‘lakli qoraqiz o‘tidan olingan «Immunokor»ning immunomodullovchi vosita sifatida qo‘llash istiqbollari» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 maydagi 8n-r/100-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ikkilamchi immuntanqislik jarayonlarida immun tizimi holatini me’yorlash uchun xizmat qilgan;

«Uch bo‘lakli qoraqiz o‘tidan olingan «Allergodaf»ning allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llash istiqbollari» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Farmakologiya qo‘mitasining 2014 yil 18 noyabrdagi 5-sonli bayonnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 maydagi 8n-r/101-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘z vaqtida allergiyaga qarshi davolash chora-tadbirlarini amalga oshirishga xizmat qilgan;

mahalliy xomashyodan olinadigan flavonoidlar va polisaxaridlarning allergiyaga qarshi va immunmodullovchi xususiyatli, samaradorligi jihatidan xorij analogidan qolishmaydigan, import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan O‘simlik moddalari kimyosi institutining dori vositalari tajriba ishlab chiqarish korxonasi faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 5 dekabrdagi 8n-z/43-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan natijalar mahalliy xomashyodan olingan, immunstimullovchi faollikka ega bo‘lgan o‘simlik dori vositalarini ishlab chiqarish xarajatlarini 20%ga arzonlashtirishga, samaradorligini esa, xorij analoglaridan 15-20%ga yuqori bo‘lishiga va ortiqcha mehnatni 3 marta qisqartirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish