Nizamova Saida Adilovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kimyo ta’limi samaradorligini oshirishning innovatsion texnologiyalari”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped287.

Ilmiy rahbar: Omonov Hojiqul Tovbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.

Rasmiy opponentlar: Boboev Tuyg‘un Mirzaaxmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ismatov Ibrohim Shaxriyorovich, pedagogika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik

II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari va akademik liseylaridagi kimyo darslarida innovatsion texnologiyalar asosida kimyo ta’limining samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirish bu bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kimyo fanini o‘qitishning metodik tuzilmasi didaktik vositalar (o‘quv jihozlar, texnik qurilmalar, yordamchi materiallar) pedagogik imkoniyatlariga ijodiy faollikka yo‘naltirilgan innovatsion muhit (yangicha fikrlash, muloqotning yangi shakllari) elementlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarning innovatsion o‘quv faoliyati mazmuni shaxsiy-refleksiv (tezkorlik, ziyraklik, uddaburonlik), kognitivlik (fikrlash, moslashuv, anglash, bilish), kreativlik (yaratuvchanlik, nostandart yondashuv, muammolar tahlili), motivatsion-faollashuv (qiziqish, ishtiyoq, harakat) darajasiga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;

laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlardagi tashkiliy-pedagogik bosqichlarning (maqsad va vazifa, natija, samaradorlik) tarkibi animatsion-namoyishli (moddalar miqdori, buyumlar va uskunalar shakli, komponentlari, funksiyalari, holati) jarayonlarning xususiyatlari (tejamkor, xavfsiz, takroriy, davriy) asosida takomillashtirilgan.

kimyo fanidan  mustaqil ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan axborot-metodik ta’minoti bilimlarni tezkor baholash ko‘rsatkichlarga ko‘ra diagnostikalashga yo‘naltirilgan uslublar asosida  takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kimyo ta’limi samaradorligini oshirishning innovatsion texnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

kimyo ta’limida o‘quvchilarning innovatsion o‘quv faoliyati tuzilmasi, shaxsiy-refleksiv, kognitivlik, kreativlik, motivatsion-faollashuv darajasi, ijodiy faollikka yo‘naltirilgan innovatsion muhitga oid takliflari asosida «Kimyoni o‘qitishda innovatsion uslublarning qo‘llanilishi» nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 89-03-2131-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma kimyo ta’limi samaradorligini oshirish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim o‘qituvchilari uchun metodik ta’minotni boyitish, kimyoviy bilimlar berish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;

kimyo  fanini o‘qitishning metodik tuzilmasi, didaktik vositalar, ijodiy faollikka yo‘naltirilgan muloqotning yangi shakllari, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini baholash texnologiyasiga oid takliflaridan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 1 fevraldagi “Umumta’lim maktablari kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish to‘g‘risida”gi 34-son, 2018 yil 6 yanvardagi “Aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablarni tashkil etish haqida”gi 6-son buyruqlarini ishlab chiqishda va ular bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 02-01/1-3-3327-son ma’lumotnomasi). Ushbu me’yoriy hujjatlarni joriy etish orqali umumta’lim maktablari kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmi takomillashtirilgan, har bir hududda kimyo fanidan tayanch maktablar tashkil etilgan;

kimyodan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarning tashkiliy-pedagogik bosqichlari, animatsion-namoyishli jarayonlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan axborot-metodik ta’minotiga oid taklif va tavsiyalar F1-XT-16955 raqamli «Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida maktab o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 02-01/1-3-3327-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘quvchilar bilimini tezkor baholash, bilimlardagi bo‘shliqlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlari samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish