Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Ped52.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Devid Kieza, Jorjiya universiteti professori; Safaraliev Bozor Safaralievich, Chelyabinskiy davlat madaniyat instituti professori, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarjimonning lingvistik kompetensiyasini muloqotda ekvivalenti bo‘lmagan so‘zlarni neologizm, so‘zma-so‘z (kal`ka), ma’nosi yaqin so‘z bilan o‘girish, izohini bayon qilish, kontekstual muqobil bilan almashtirish transformatsiyalari yordamida rivojlantirilishi takomillashtirilgan;
tarjima muloqotidagi so‘zlar ekvivalentini topish orqali so‘z shakli, o‘zaro bog‘liqligi, sodda, yasama, qo‘shma so‘zlar bo‘yicha semantik xususiyatlari hamda shakliy, kontekstual, sinonim, omonim, antonim ma’nolari orqali leksik va yosh, jins, dunyoqarash bo‘yicha ekstralingvistik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
tinglash, mnemotexnika, transformatsiyalash, tildan tilga o‘tish, nutqiy mexanizmlarni boshqarish, og‘zaki nutq texnikasi, tarjima sur’ati ko‘nikmalari asosida tarjimonning kasbiy kompetensiyasi rivojlanishi aniqlashtirilgan;
inson tashqi ko‘rinishi va xarakterini ifodalovchi gender belgili va belgisiz qo‘shma so‘zlarning metaforalardagi tarjima xususiyatlari aniqlashtirilgan;
insonning tashqi ko‘rinishi va xarakterini tasvirlovchi qo‘shma so‘zlarni tarjimaga o‘qitish metodikasi o‘xshatish, sifatlash, metonimiya, giperbola, perifraza, zevgma kabi stilistik vositalar orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
muloqotda ekvivalenti bo‘lmagan so‘zlarni neologizm, so‘zma-so‘z (kal`ka), ma’nosi yaqin so‘z bilan o‘girish, izohini bayon qilish, kontekstual muqobil bilan almashtirish usullari asosida takomillashtirilgan bo‘lajak tarjimonning lingvistik kompetensiyasi rivojlanishidan 2012-2014 yillarda bajarilgan ITD-1-119 raqamli “O‘zbek adabiyoti antologiyasi”ni ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo kommunikatsiya muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 89-03-443-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjima metodlari va usullari asosida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Oybekning “Navoiy”, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” hikoyasi ingliz tiliga tarjima qilingan;
kompyuter lingvistikasi va mashina tarjimasining lingvistik ta’minotini yaratish bo‘yicha tarjima aniqligini ta’minlovchi xulosalar chiqarishda, ingliz va o‘zbek tillarining morfologik va sintaktik modellari, morfologik lug‘at, metaforik atamalar, fe’lli frazemalarning lingvistik ta’minotini yaratishda matnlarning avtomatik tarjima qilishda inglizcha sodda gap modellarining o‘zaro muvofiqligini aniqlashda, elektron lug‘at hamda dasturiy ta’minot uchun lingvistik ta’minot yaratishga oid ilmiy yangiliklaridan 2008–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 89-03-2445-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy lisoniy vositalar sirasiga odamlar ismlari, asardagi personajlar hamda afsonaviy shaxslar, g‘ayritabiiy kuchlar nomlari, ularning qaysi millatga mansubligi toifalashtirilgan;
metaforalar yordamida inson tashqi ko‘rinishi va xarakterining qo‘shma so‘zlar orqali yoritilish imkoni tahlilidan va gender tadqiqotlar – bu tilshunoslikning pragmatik aspektlariga qiziqishning ortishi, sotsiolingvistikaning rivojlanishi va jamiyatda erkak va ayol rolining an’anaviy taqsimlanishi bilan bog‘liq konseptual tamoyillar va tadqiqot metodlari 2014–2015 yillarda bajarilgan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqotlar loyihasiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 89-03-2446-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimon kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv dasturlar ishlab chiqilgan;
tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv dasturlar ishlab chiqishda yangi metodlar sifatida axborot texnologiyalari va internet imoniyatlari bo‘yicha foydalanuvchi dastur va tarjima standartlaridan 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha C1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaga singlirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 89-03-2442-son ma’lumotnomasi). Natijada bakalavrlar (ingliz tili) uchun “Reading-1” va “Writing-2” o‘quv qo‘llanmalarini yaratilgan.
insonning tashqi ko‘rinishi va xarakterini tasvirlashda qo‘llanadigan va uslubiy belgilangan qo‘shma so‘zlar o‘xshatish, sifatlash, metonimiya, giperbola, perifraza, zevgma kabi stilistik vositalar bo‘yicha takomillashtirilgan metodikasidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ma’naviyat va ma’rifat dasturlarida foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 18 iyun 09-01/288-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimonlarni tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirish ommalashtirilgan.