Turekulova Juldiz Eltaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suvaysh kanalining Misr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro mavqeiga ta’siri (XІX–XX asr o‘rtalari)», 07.00.03–Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar107.
Ilmiy rahbar: Baxodirov Roiq Majidovich, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Farmonov Raxmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor; Azimov Komil Sarvarovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suvaysh kanalining Misr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda uning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rnining o‘zgarishiga ta’sirini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Suvaysh kanali barpo etilishidan oldin XIX asrda Misr rivojlanishidagi muhim sohalarda amalga oshirilgan islohotlarga baho berilgan;
Suvaysh kanalining qurilishi bo‘yicha Evropa ommaviy axborot vositalaridagi targ‘ibotning hal qiluvchi ta’siri, natijada qurilish siyosiy-mafkuraviy trend shakliga aylangani isbotlangan;
Suvaysh kanalining barpo etilishi natijasida Misrdagi yirik shaharlar (Port-Said, Ismoiliya, Port-Fuad, Al-Qantara, Suvaysh, Port-Tavfiq)ning rivojlanish muammolari aniqlangan;
jahon siyosatida Misrning tubdan yangi rol` o‘ynashiga ta’sir qilgan Suvaysh kanali muhim geosiyosiy omil sifatida dalillangan;
Suvaysh kanalining Misr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga savdo-iqtisodiy, modernizatsion, urbanistik salohiyat sifatida ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suvaysh kanalining Misr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro mavqeiga ta’siri (XІX–XX asr o‘rtalari) tadqiqoti natjasi asosida:
«Misr yangi zamonda» deb nomlangan mualliflik o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligining, 2016 yil 5 fevraldagi 1-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma «Misr yangi va eng yangi zamonda», «Jahon tarixi» fanlari bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qilgan.
XІX asr – XX asr o‘rtalarida Misrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar xususiyatlari FA-A3-G047-raqamli «Markaziy Osiyoning xorijiy Sharq mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlari (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixi)» (2009–2011) grant hisobotlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 29 noyabrdagi 3/1255-2540-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot Markaziy Osiyo davlatlari va Misr o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi;
mintaqadagi transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish muammolari bo‘yicha natijalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining I1-FA-O-64952-raqamli «O‘mmon Sultonligi: tarix, madaniyat, iqtisodiyot, tashqi siyosat» (2015) innovatsion loyihasida hamda O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Qatar – O‘mmon transport yo‘lining iqtisodiy va integratsion salohiyatini samarali amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 29 noyabrdagi 3/1255-2540-son ma’lumotnomasi). Natijada Suvaysh kanali transport-kommunikatsiya tarmog‘ining yangi global iqtisodiy makonning eng muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylangani ochib berilgan;
tadqiqot natijalari B-ІІ-08-13-raqamli «Siyosiy modernizatsiya Qozog‘iston Respublikasining mustahkam rivojlanishi sharti sifatida» davlat byudjeti mavzusi bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tahliliy hisobotni tayyorlashda aks ettirilgan (Qozog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligining 2016 yil 16 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ob’ektiv baholash va amaliy natijalar Kaspiy va Azov dengizlarini birlashtiruvchi «Evrosiyo» kanali qurilishi loyihasini har tomonlama tahlil qilish imkoniyatini yaratgan.