Ochilov Jamshid Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Global texnogen sivilizatsiya rivojlanish jarayonining sinergetik tahlili», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3PhD/Fal94.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Alieva Kuluypa Mukashovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnogen sivilizatsiya genezisi, shakllanish va rivojlanish bosqichlari, globallashuv xususiyatlari va oqibatlarini sinergetik tahlil vositasida o‘rganish orqali ularni optimallashtirishga doir xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnogen sivilizatsiyaning globallashuviga oid paradigmalar, kategorial o‘zgarishlarning deterministik mohiyati va indeterministik talqini hamda texnologik taraqqiyot jarayonining nochiziqli rivojlanishidagi ijtimoiy, dinamik, integrativ funksiyalari va ularning kognitiv, evristik tomonlari ochib berilgan;
texnogen sivilizatsiyaning globallashuvi jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari falsafaning alohidalik, maxsuslik, umumiylik kategoriyalari va nochiziqli tafakkurning fluktuatsiya tamoyili nuqtai nazaridan texnologik singulyarlikning ijobiy tomonlarini sinergetik o‘z-o‘zini tashkillashtirish yondashuvi asosida kuchaytirish va ekologik va ijtimoiy barqarorlikni amalga oshirish yo‘llari asosida salbiy tomonlaridan himoyalanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
texnogen sivilizatsiya globallashuvining jamiyat intellektual salohiyati, axborot texnologiyasi va bazasining rivojlanishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanish aniqlangan va uning sinergetik o‘z-o‘zini takomillashtirishga qaratilgan konseptual unsurlari ochib berilgan;
texnogen sivilizatsiyaning globallashuvi jarayonining salbiy oqibatlari bo‘lgan shaxsning marginallashuvi, ijtimoiy begonalashuvi va konformizm kabi hodisalarni vujudga keltiruvchi attraktor (jalb qiluvchi) sabablar, bifurkatsiya nuqtalari va rivojlanish tendensiyalari aniqlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global texnogen sivilizatsiya rivojlanish jarayonining sinergetik tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
texnogen sivilizatsiyaning globallashuviga oid paradigmalar va kategorial o‘zgarishlarning deterministik mohiyati va indeterministik talqini hamda texnologik taraqqiyot jarayonining nochiziqli rivojlanishidagi ijtimoiy, dinamik, integrativ funksiyalari va ularning kognitiv, evristik tomonlari ochib berilishiga oid ilmiy yangiligidan “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil faoliyatini samarali amalga oshirish tadbirlar dasturining jamoatchilik va OAV bilan ishlash samaradorligini oshirish, jamoatchilik tashkilotlarini atrof-muhitni asrash va tabiiy resurslardan foydalanish qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 19 dekabrdagi 01/13-7162-son ma’lumotnomasi). Bu taklif va tavsiyalar mazkur qo‘mita ish faoliyatining texnogen sivilizatsiya jarayonida maqsadga muvofiq ish yuritish samaradorligiga ijobiy ta’sir qilgan;
texnogen sivilizatsiyaning globallashuvi jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari falsafaning alohidalik, maxsuslik, umumiylik kategoriyalari va nochiziqli tafakkurning fluktuatsiya tamoyili nuqtai nazaridan texnologik singulyarlikning ijobiy tomonlarini sinergetik o‘z-o‘zini tashkillashtirish yondashuvi asosida kuchaytirish va ekologik va ijtimoiy barqarorlikni amalga oshirish yo‘llari asosida salbiy tomonlaridan himoyalanishga qaratilgan tavsiyalaridan hamda texnogen sivilizatsiyaning globallashuvi jarayonining salbiy oqibatlari bo‘lgan shaxsning marginallashuvi, ijtimoiy begonalashuvi va konformizm kabi hodisalarni vujudga keltiruvchi attraktor (jalb qiluvchi) sabablar, bifurkatsiya nuqtalari va rivojlanish tendensiyalari aniqlangan yangiligidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 01-03/9-sonli Qarori asosida tasdiqlangan 2017 yildagi harakat rejasining 3-ilovasi 55-bandi (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga o‘tgan kollejlar bazasida Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan co-working yaratish); 72-bandi (Xalq ta’limi va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Internetdan foydalanish madaniyati”, “Xalqaro tarmoqda yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan muhofaza etish”; 86-bandi (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan internet tizimi orqali ma’naviy targ‘ibot ishlarini, jumladan, elektron kitobxonlik tizimini yaratish bo‘yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil 6 dekabrdagi 04-13/2319-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston yoshlari ongida texnologik madaniyatning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan;
texnogen sivilizatsiya globallashuvining jamiyat intellektual salohiyati, axborot texnologiyasi va bazasining rivojlanishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanish aniqlangan va uning sinergetik o‘z-o‘zini takomillashtirishga qaratilgan konseptual unsurlaridan “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida A-2-4 raqamli “Innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish hamda uning O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 10 noyabrdagi FTA-01-11/1057-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalardan foydalanish ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning falsafiy asoslarini takomillashtirish imkonini bergan.