Shermanov Isobek Chilmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy taraqqiyotda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarini uyg‘unlashtirish dialektikasi», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal88.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat Begalievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarini uyg‘unlashtirish dialektikasini falsafiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy taraqqiyotda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirishning yakkalik, xususiylik va umumiylik kabi dialektik xususiyatlari ochib berilgan;
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini uyg‘unlashtirish maqsadida hududlar kesimida mafkuraviy xaritalar tuzish zarurligi asoslab berilgan;
inson mehnat faoliyatida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni integratsiyalovchi alohidalik va umumiylik kabi atributlari substansional joy almashib kelishida ehtiyojlarni intensiv o‘sishib borishining ta’siri aniqlangan;
bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirishning raqobatbardoshlik, texnologik ishlab chiqarish, moddiy ehtiyojlar o‘sib borishi kabi deterministik xususiyatlari innovatsion muhitda attraktor (bir nuqtaga yig‘ilish) holatiga o‘tishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy taraqqiyotda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarini uyg‘unlashtirish dialektikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini uyg‘unlashtirish maqsadida hududlar kesimida mafkuraviy xaritalar tuzish zarurligiga oid tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasi 4, 16-bandlarini bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 2 oktyabrdagi 02/03-823-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari umummilliy Konsepsiyasiga singdirilib, mazkur yo‘nalishni boshqarish va nazorat qilishning optimal variantlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
inson mehnat faoliyatida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni integratsiyalovchi alohidalik va umumiylik kabi atributlari substansional joy almashib kelishida ehtiyojlarni intensiv o‘sishib borishi hamda aholi iste’mol madaniyatini oshirishda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini uyg‘unlashtirishga oid ilmiy xulosalar, metodologik tavsiya va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2016–2017 yillar davomida efirga uzatilgan bir qator teledasturlar (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali davlat unitar korxonasining 2017 yil 6 oktyabrdagi 02-17/760-son ma’lumotnomasi) va «Millat va ma’naviyat» eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali davlat unitar korxonasining 2017 yil 5 dekabrdagi O‘z/R-1-127-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalarining efirga uzatilishi mamlakatimiz aholisining sog‘lom ma’naviy iste’mol madaniyatini shakllantirishga, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni uyg‘un tarzda rivojlantirishga imkoniyat yaratgan;
milliy taraqqiyotda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirishning yakkalik, xususiylik va umumiylik kabi dialektik xususiyatlariga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yilning II yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasining 23, 35, 106-bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yil 4 oktyabrdagi 04-13/1267-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy barkamol inson bo‘lib etishishiga samarali ta’sir qilgan;
bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirishning raqobatbardoshlik, texnologik ishlab chiqarish, moddiy ehtiyojlar o‘sib borishi kabi deterministik xususiyatlari innovatsion muhitda attraktor (bir nuqtaga yig‘ilish) holatiga o‘tishiga olib keluvchi va takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash faoliyatida foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining 2017 yil 18 oktyabrdagi 02-01/932-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiyalar mahallalarda uyushmagan yoshlar faoliyatini o‘rganishga doir o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarni kompleks-sistemali va faktorial tahlil etishda qo‘llash, ilmiy tadqiqotlarning metodologik takomillashuviga hamda ish samaradorligini oshirishga imkon bergan.