Isomiddinov Asliddin Baxridin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish mexanizmlari. (peadagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.01  Pedagogika nazariyasi.  Pedagogik ta’limotlar tarixi. (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.Ped3965.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Qaxramonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Raximov Ilxomjon Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo’nalishi talabalarida etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish mexanizmlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarida etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish mexanizmlarining pedagogik shart-sharoitlari milliy va xalqaro ta’lim muhitida muvaffaqiyatli harakatlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan milliy birlik elementlari (tili, urf-odati, an’analari, qadriyatlari)ni o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda etnokompetensiyani shakllantirishning moslilik, qadriyatlilik, tarixiylik, tolerant munosabat tamoyillari hamda etnogenez, etnografiya, etnomika kabi komponentlari millat genofondini anglashga yo‘naltiruvchi milliy manfaatlar strategiyalari, shaxsiy ta’lim traektoriyasini samarador qo‘llanilishiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
“Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarida etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish modeli etnomadaniy identivlik darajasini oshiruvchi kross-madaniyat, kontrast pozisiya, etnodizayn, empatiya, STARTAP texnologiyalarini o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish texnologiyalari etnofora sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarning yakka va jamoaviy modellari axborot resurslarini optimal qo‘llash asosida takomil-lashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarida etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish mexanizmlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarida etnomadaniy kompetensiyani shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari milliy va xalqaro ta’lim muhitida muvaffaqiyatli harakatlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan milliy birlik elementlari (tili, urf-odati, an’analari, qadriyatlari)ni o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga integratsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ma’daniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosini rivojlantirish sho‘basi tomonidan tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 22-avgustdagi 04-12-13-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida talabalarda etnik bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligiga erishilgan;
talabalarda etnokompetensiyani shakllantirishning moslilik, hududiylik, qadriyatlilik, tarixiylik, tolerant munosabat tamoyillari hamda etnogenez, etnografiya, etnomika va qadriyat kabi komponentlari millat mavqeyini anglashga yo‘naltiruvchi milliy manfaatlar strategiyalari, refleksiv yondashuvlar, integratsion, shaxsiy ta’lim traektoriyasini qo‘llanilishiga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i). Natijada, talabalarda milliy mentalitet xususiyatlarini rivojlantirish jarayoni metodik jihatdan tizimlashtirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarida etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish modeli etnomadaniy identivlik darajasini oshiruvchi kross-madaniyat, kontrast pozisiya, etnodizayn, empatiya, STARTAP texnologiyalarini o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga optimallashtirishga oid ilmiy xulosa va tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i). Natijada, talabalarining ijtimoiylashuv kontekstida bag‘rikenglik, jamiyat a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat va muloqotga kirishish malakasini shakllantirishning virtual ekskursiya, audial va diskret vositalarini takomillashtirishga yordam bergan;
talabalarda etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish texnologiyalari etnofora sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarning yakka va jamoaviy modellari axborot resurslarini optimal qo‘llash asosida olingan ilmiy xulosa va tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i). Natijada talabalarda etnomadaniy kompetensiyani shakllantirish pedagogik tizimini takomillashtirish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha metodik ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish