Xasanov Sobir Saydivalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt1880
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xo‘jalik yuritish shakllari misolida sabzavotchilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini asoslash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud muammolarni hal etishni nazarda tutgan holda sabzavotchilik tarmog‘ini iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tavsiya qilingan va ushbu yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan tadbirlarni dolzarbligi bo‘yicha (hudud uchun “past” va “yuqori” ko‘rsatkichlarda), investisiya qaytimini (“past va “yuqori” ko‘rsatkichlar orqali) ijtimoiy-iqtisodiy baholash yuzasidan indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan;
intensiv tipdagi sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga sabzavot etishtiruvchi subektlar va jamiyat miqyosida qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligi (2,1 martaga oshishi) mehnat va moddiy resurslar sarfi tejalishi (11% ga) hamda mahsulot sifati sezilarli yaxshilanishini (20 foizga) nazarda tutuvchi ijtimoiy-iqtisodiy naflar gradatsiyasi ishlab chiqilgan va aniqlash tartibi taklif qilingan;
sabzavotchilik tarmog‘ida kooperatsiya munosabatlari rivojlanishini taqozo qiluvchi muhim ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ilmiy asoslangan hamda sabzavotchilik kooperativlarini
6 oylik, yillik faoliyati yakuni bilan 100 ballik asosda reyting baholash (KFB) tizimi ishlab chiqilgan va mavjud sharoitlarni inobatga oluvchi baholash mezonlari ilmiy asoslangan;
sabzavotchilik tarmog‘ining mavjud salohiyatini va uning oshib borishi imkoniyatlarini hisobga olgan holda Toshkent viloyati sabzavotchilik tarmog‘ining istiqboldagi (2024-2030-yillarda) rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish yuzasidan tayyorlangan ilmiy natijalar asosida:
sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tavsiya qilingan va ushbu yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan tadbirlarni dolzarbligi bo‘yicha (hudud uchun “past” va “yuqori” ko‘rsatkichlarda), investisiya qaytimini (“past va “yuqori” ko‘rsatkichlarda) baholash yuzasidan indikatorlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 28 oktyabr 2024 yil 05/15-04-541-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tavsiyalar sabzavotchilik tarmog‘ida samaradorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bandlik va aholi daromadlari oshishiga xizmat qiladi;
intensiv sabzavotchilik hisobiga xo‘jaliklar va jamiyat doirasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy naf gradatsiyasi ishlab chiqilgan hamda intensiv sabzavotchilikni rivojlantirishni davlat tomonidan rag‘batlantirish yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 28 oktyabr 2024 yil 05/15-04-541-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat va moddiy resurslar sarfi kamayishi hisobiga sabzavotlar tannarxi 20 foizgacha pasayib, erdan foydalanish samaradorligi 2,1 marta, tovarbop mahsulot salmog‘i 25 foizga ortishiga erishilgan;
sabzavotchilik tarmog‘ida kooperatsiya munosabatlari rivojlanishini taqozo qiluvchi muhim ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ilmiy asoslangan hamda kooperativlarni 6 oylik, yillik faoliyati yakuni bilan 100 ballik asosda reyting baholash (KFB) tizimi ishlab chiqilgan va mavjud sharoitlarni inobatga oluvchi baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 28 oktyabr 2024 yil 05/15-04-541-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishda ijtimoiy-iqtisodiy va iqtisodiy-agrotexnik nuqtai-nazardan yuzaga keladigan risklar va ularni bartaraf etish tadbirlari hisobiga mahsulot etishtirish samaradorligi ortishiga erishilgan;
sabzavotchilik tarmog‘ining mavjud salohiyatini va uning oshib borish imkoniyatlarini hisobga olgan holda Toshkent viloyati sabzavotchilik tarmog‘ining istiqboldagi (2024-2030-yillarda) rivojlanishining prognozi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 28 oktyabr 2024 yil 05/15-04-541-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyatida 2030 yilga borib, yalpi sabzavot mahsulotlari qiymatini joriy baholarda 7462,8 mlrd. so‘mdan 19649,9 mlrd. so‘mga oshirish imkoniyatlarining mavjudligi prognoz qilingan.