Imomova Yulduzoxn Jumaboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Ss491
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.S.24.02
Rasmiy opponentlar: 1. Xaydarov Abdusamat Axatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
2. Dadabaev Timur Yunusovich, Siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: AQSh tashqi siyosatining Afg‘oniston yo‘nalishi transformatsiyasi natijasida yuzaga kelayotgan munosabatlarni baholash hamda Afg‘onistonda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston-AQSh strategik muloqotini kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AQShning Afg‘onistondagi tashqi siyosiy strategiyasining shakllanishiga siyosiy realizm, liberalizm, neokonservatizm hamda liberal gegemonizm kabi g‘oyaviy-nazariy konsepsiyalar asosiy ta’sir ko‘rsatganligi, ayniqsa, liberal gegemonizm AQShning Afg‘onistondagi yondashuvlarini, jumladan, demokratik institutlarni qaror toptirish va mintaqani barqarorlashtirish uchun siyosiy, iqtisodiy va harbiy kuchlardan foydalanish strategiyasini shakllantirishda muhim omil bo‘lganligi, biroq liberal gegemonizmga asoslangan mazkur strategiya kutilgan natijalarni bermaganligi bois AQSh tashqi siyosatida siyosiy realizm nazariyasining ustunligi tiklanganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
XX asrning 90-yillarida global terrorizmga qarshi kurashga yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlikning O‘zbekiston milliy manfaatlarini ta’minlashga ta’sirini baholash va mamlakatning ushbu jarayonlardagi ishtirokini kompleks tahlil etish orqali xalqaro tashabbuslarda ishtirok etish O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik tizimidagi o‘rnini mustahkamlashga, G‘arb davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishga va mamlakatning diplomatik salohiyatini oshirishga asos yaratib berganligi dalillangan.
Afg‘oniston kampaniyasi (iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy komponentlari bilan birga) AQShdagi ichki vaziyat bilan bog‘liq holda olib borilganligi, xususan, davlat byudjeti taqchilligi sharoitida Afg‘oniston kampaniyasini ko‘p yillik moliyalashtirish oqibatlari zamirida Amerika hukmron elitasi va jamiyatida norozilikning tobora ortib borishi oxir-oqibatda mamlakatning tashqi siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishga, jumladan AQSh harbiy qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatganligi ilmiy asoslangan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida Afg‘oniston muammosini hal etish, uni tahdid manbaidan imkoniyatlar manbaiga aylantirish borasidagi vazifalar, xususan, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va ushbu jarayonda Afg‘onistonning transport-tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish orqali uning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish bilan bog‘liq vazifa AQShning ushbu mintaqadagi tashqi siyosiy strategiyasi bilan o‘zaro hamohangligi istiqbolda O‘zbekiston-AQSh strategik hamkorligini yanada rivojlantirish uchun asos yaratishi ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
    Markaziy Osiyoda shakllanayotgan yangicha geosiyosiy vaziyatda O‘zbekiston milliy manfaatlarini faol ilgari surishda afg‘on omilining ta’siri saqlanib qolayotganligini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning AQSh bilan “Strategik hamkorlik muloqoti” va «C5+1» formatlari doirasida hamkorlikni rivojlantirish hamda Afg‘onistonga xavfsizlikka tahdid manbai sifatida emas, balki Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasi o’zaro aloqadorligi va taraqqiyoti uchun imkoniyatlar manbai sifatida qarashga yo‘naltirilgan  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi tashqi siyosatini samarali amalga oshirish mexanizmlari ilmiy asoslab berilgan.
 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan afg‘on muammosini hal etishga bo‘yicha vazifalarni AQShning Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyoga integratsiya qilish strategiyasiga hamohang tarzda amalga oshirish o‘zbek-amerika strategik hamkorligini yanada rivojlantirishning samarali mexanizmlaridan biriga aylantirishi mumkinligi bo‘yicha amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish