Qabulov Qosimboy Pirjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Milliy manfaatlarni uyg‘unlashtirishda tolerantlik», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal110.

Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘smurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: milliy manfaatlarni umuminsoniy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirishda tolerantlikning konstruktiv rolini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tolerantlik fenomenining konstruktiv mohiyati, ijtimoiy ongda namoyon bo‘luvchi bag‘rikenglik xususiyatlari, milliy manfaatlarni muvofiqlashtiruvchi, birlashtiruvchi, murosaga keltiruvchi, barqarorlashtiruvchi funksiyalari ochib berilgan;

umuminsoniy manfaatlar bilan milliy manfaatlarni uyg‘unlashtirish hamda bu jarayonni tolerantlikka asoslangan milliy manfaatlar identifikatsiyasi, integratsiyasi va differensiatsiyasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillari, tamoyillari ilmiy-nazariy asoslangan;

milliy manfaatlarni uyg‘unlashtirishda etnoegotsentrizm, etnoegoizm kabi salbiy hodisalarni bartaraf qilishning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy jihatlari yoritib berilgan hamda milliy va umuminsoniy manfaatlarni uyg‘unlashtirishning murosa, xalqaro  hamkorlik, ijtimoiy sheriklik kabi tamoyillarining sistema yasovchanlik xususiyatlari aniqlangan;

global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda tolerantlikning milliy va umuminsoniy manfaatlarni uyg‘unlashtirish, ta’sirini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda milliy manfaatlarni uyg‘unlashtirishda tolerantlik rolini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

umuminsoniy manfaatlar bilan milliy manfaatlarni uyg‘unlashtirish hamda bu jarayonni yangi bosqichga olib chiqishning tolerantlikka asoslangan milliy manfaatlar identifikatsiyasi, integratsiyasi va diffrensiatsiyasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar hamda asosiy tamoyillar ilmiy va amaliy jihatdan tavsiflab berilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy-ma’rifiy muassasalari va nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘’basi tomonidan “Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining boy milliy an’analari, nomoddiy madaniy meros, milliy o‘zlikni anglashda jamiyatimizda tarixan shakllangan ijtimoiy qadriyatlarning o‘rni”ga doir uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 29 martdagi 01-11-09-2109-son ma’lumotnomasi). Bu madaniyat vazirligining xalqlarning milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, milliy ong va milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

milliy va umuminsoniy manfaatlarni uyg‘unlashtirishda etnoego-sentrizm, etnoegoizm hodisalarini bartaraf qilishning nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilganligi haqidagi takliflardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yilga mo‘ljallangan rejasining  V bo‘limi (“Markazning ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari”) 83-bandi (“Aholi o‘rtasida vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, daxldorlik fazilatlarini, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, radikalizm, “ommaviy madaniyat”, sobiq sho‘ro davriga qaytish kabi illatlarga qarshi targ‘ibot samarasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish” ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 18 iyuldagi 261/1-son ma’lumotnomasi). Natijada turli millat vakillari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

etnoegoizm hodisalarini bartaraf qilishning nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilganligi haqidagi takliflardan Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yilda YoA-1-007 raqamli “Radikal mafkuralarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning oldini olish usullari” mavzusidagi grant loyihasi doirasida tayyorlangan monografiyani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 18 iyuldagi 261/1-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiyani nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;

globallashuvning milliy manfaatlar identifikatsiyasi va integratsiyasi hamda Milliy va umuminsoniy manfaatlarni uyg‘unlash-tirishning global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash imkoniyatlarini hayotga tatbiq qilish usul va vositalarini takomillashti-rishga doir metodologik tavsiyalar, amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2017 yilga mo‘ljallangan rejasining VI bo‘lim (“Partiyaning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkura-viy, tashkiliy, ayollar va yoshlar sohalaridagi vazifalari doirasidagi amaliy va targ‘ibot-tashviqot faoliyati”) 6.18-bandida (“Partiya kadrlari va mafkura-viy g‘oyaviy siyosatining yangi yondashuvlari va dolzarb vazifalari”) ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2017 yil 3 oktyabrdagi 01-548-son ma’lumotnomasi). Bu partiyaning kadrlar bilan ishlash siyosatiga yangicha yondashuv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish