Olimov Sodiq Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun innovatsion metodik ta’minotni tashkil etish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7300
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimova Gulsanam Ne’matovna pedagogika fanlari doktori, professor, Yuldashev Maksudjan Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun innovatsion metodik ta’minotni tashkil etish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan innovatsion metodik ta’minotni joriy etishning pedagogik shart-sharoitlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining raqamlashtirish va intelektual faoliyati tavsiflari mazmunini maktabgacha ta’lim tizimi ehtiyojiga hamda jamiyat talablariga ko‘ra motivatsion va o‘z-o‘zini rivojlantirish tamoyillariga ustuvorlik berish asosida integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining didaktik, diagnostik, o‘rganish va korreksiya hamda umumlashtiruvchi komponentlardan iborat metodik va boshqaruvchanlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi texnologik ko‘nikmalarning kombinatsiyasi orqali metodik ishlar tizimiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish sharoitida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik faoliyatni samarali tashkil etish va boshqarishning innovatsion metodik ta’minoti rahbar va pedagoglarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga va muammolarni echishda kreativ g‘oyalarni shakllantirishga undovchi “Breynrayting” va “Fikrlar mozaykasi” metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining sohaga oid innovatsiyalarni tezkor o‘zlashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlari qaytar aloqani metodik ta’minotni tashkil etish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan “mtt-metodik.uz” raqamli platforma vositasida ta’minlash orqali kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun innovatsion metodik ta’minotni tashkil etish va boshqarish jarayonini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan innovatsion metodik ta’minotni joriy etishning pedagogik shart-sharoitlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining raqamlashtirish va intelektual faoliyati tavsiflari mazmunini maktabgacha ta’lim tizimi ehtiyojiga hamda jamiyat talablariga ko‘ra motivatsion va o‘z-o‘zini rivojlantirish tamoyillariga ustuvorlik berish asosida integratsiyalash orqali takomillashtirildi. Natijada, ta’lim-tarbiya jarayοnining sifati va samaradοrligiga erishishga yo‘naltirilgan direktor va pedagoglarning ta’lim resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qοndirish uchun raqamlashtirilgan οchiq metodik ta’minot bazasini yaratish zaruriyati ilmiy asοslandi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining didaktik, diagnostik, o‘rganish va korreksiya hamda umumlashtiruvchi komponentlardan iborat metodik va boshqaruvchanlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi texnologik ko‘nikmalarning kombinatsiyasi orqali metodik ishlar tizimiga ustuvorlik berishga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni tashkil etish va boshqarish” nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 19-apreldagi 03-03/1-389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida direktor va pedagoglar metodik va boshqaruvchanlik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish sharoitida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik faoliyatni samarali tashkil etish va boshqarishning innovatsion metodik ta’minoti rahbar va pedagoglarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga va muammolarni echishda kreativ g‘oyalarni shakllantirishga undovchi “Breynrayting”, “Fikrlar mozaykasi” hamda “To‘rt pog‘onali” kabi interfaol metodlarni qo‘llab takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion metodik ta’minotdan foydalanish bo‘yicha metodik yo‘riqnoma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 19-apreldagi 03-03/1-389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida direktor va pedagoglar raqamlashtirilgan metodik ta’minotdan foydalanishlari orqali ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirishga erishildi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining sohaga oid innovatsiyalarni tezkor o‘zlashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlari qaytar aloqani metodik ta’minotni tashkil etish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan “mtt-metodik.uz” raqamli platforma vositasida ta’minlash orqali kengaytirilganligiga oid taklif va tavsiyalar MTTDMQTMOI kasbiy qayta tayyorlash kurslari o‘quv rejasidagi “MTTda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” o‘quv moduliga kiritilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 19-apreldagi 03-03/1-389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari pedagoglari masofaviy ravishda metodik yordam olishlariga imkoniyat yaratilgan hamda “mtt-metodik.uz” platformasidan samarali foydalanish orqali direktor va pedagoglar o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirish imkoniyati kengaygan.