Inogamdjanov Davrug Davronovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bir qatlamli to‘qimalar xususiyatlarini prognozlash», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T525.

Ilmiy rahbar: Daminov Askarali Davlatovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Axunbabaev Oxunjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bir qatlamli to‘qimalar xususiyatlarini o‘rilish omiliga funksional bog‘liqlikda prognozlashning nazariy metodlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tanda va arqoq iplarining yakka to‘quv qoplamasi va to‘quv o‘rilishi rapporti doirasidagi siljish kattaligining to‘qima fazaviy tuzilishiga bog‘liqligi iplarning bir-birini egib o‘tishida qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda aniqlangan;

tanda va arqoq iplarining to‘quv qoplamasi doirasidagi siljishini ularning surilish darajasi hamda to‘qimaning tuzilish fazasiga funksional bog‘liqlikda aniqlash uchun analitik ifodalar ishlab chiqilgan;

rapport doirasida iplarning siljish darajasini to‘qima tuzilish fazasining ta’sirini hisobga olgan holda baholashning miqdoriy mezoni – to‘quv o‘rilishida iplarni siljish koeffisienti, uni aniqlash usuli ishlab chiqilgan va ushbu koeffisientni avtomatik tizimda hisoblovchi dasturiy mahsulot yaratilgan;

iplarning to‘quv o‘rilishida siljish ko‘rsatkichini o‘rilish doirasida tanda va arqoqning kesishish soniga bog‘liq holda hisoblashning analitik ifodasi ishlab chiqilgan;

iplarni to‘quv o‘rilishidagi siljish koeffisientini to‘qimalarning bir qator fizik-mexanik xususiyatlariga adekvat korrelyasiyasi eksperimental tajribalar natijasida aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bir qatlamli to‘qimalar xususiyatlarini prognozlash usullarini yanada rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

rapport doirasida iplarning siljish darajasini to‘qima tuzilish fazasining ta’sirini hisobga olgan holda baholashning miqdoriy mezoni – to‘quv o‘rilishida iplarni siljish koeffisientini aniqlash usulini hisoblash dasturiy mahsuloti “O‘zto‘qimachiliksanoat” tizimi­ning “Jamstyle Master” MChJ to‘qimachilik korxonasiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 26 apreldagi DM-174-son ma’lumotnomasi). Natijada iplarni siljish darajasini to‘qimaning fazaviy tuzilish tartibiga bog‘liq holda hisoblab, to‘quv mahsulotini loyihalash va uni yuqori tezlikka ega bo‘lgan Jakob Muller – 1200 rapirali to‘quv dastgohida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;

yangi turdagi o‘ri­lishlarni loyihalashda o‘rilishlar siljish ko‘r­satkichlarini hisoblashning avtomatik tizimi “O‘zto‘qimachiliksanoat” tizimi­ korxonalari, xususan, “Ajab Etiketka” MChJda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 26 apreldagi DM-174-son ma’lumotnomasi).  Natijada korxonada Dornier – 1300 (Germaniya) to‘quv dastgohlarining turli xil dessinatorlik echimlari asosida ishlab chiqarilayotgan bir qatlamli to‘qima tasmalarining assortimentini yangilashga ketadigan vaqt va sarf-xarajatlarni kamaytirish imkoniyati yaratilgan;

to‘quv o‘rilishlarini siljish koeffisientini hisoblash usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” tizimi­ korxonalari, xususan, “Jamstyle Master” va “Ajab Etiketka” MChJlarida joriy qilingan (“O‘zto‘qi­ma­chi­liksanoat” uyushmasi­ning 2018 yil 26 apreldagi DM-174-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘quvchilik­da bir qatlamli to‘qimalarni loyihalash va ishlab chiqarishda xomashyo va energoresurslar sarfi hamda qo‘l mehnatini kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish