Shodieva Go‘zal Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped7583.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Safarov Ural Hamroevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarni tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari kognitiv va ijtimoiy-emotsional komponentlarga faoliyat natijalarini prognostik jarayonlarning integral uyg‘unligini  empirik baholash hamda o‘qitish sifatini baholash indikatorlarining ichki va tashqi ta’sirlariga barqarorligini ta’minlashda o‘qitishning pedagogik traektoriyasini oddiydan murakkabga qarab intensiv rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi kompetensiyaviy mezonlar (ijtimoiy, kasbiy, refleksiv, akmeologik)ni elektron axborot ta’lim resurslarining klassifikatorlari hamda kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional (didaktik, metodik, diagnostik) imkoniyatlari bilan o‘zaro interior (ma’naviy-ruhiy etuklik) darajasini tadrijiylik prinsipi bo‘yicha integrallash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini takomillashtirishning integrativ-differensial metodikasi Fase-to-Fase Driver, Rotatsion model, Flex modellari hamda kasbiy tayyorgarlik darajalarini adaptatsiya shartlari asosida baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni korporativlik va refleksif munosabatlarning qayta aloqaga kirishga yoʻnaltirilgan ijodiy-jarayonli mikromuhitni virtual ta’sirning intensivligini ta’minlash hamda integrativ differensial metodikasini yaratish asosida takomillashtirilgan;
tabiiy geografiya fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish tuzilmasi verbal muloqotni taʼlimiy maqsadlarga ko‘ra sintez qilish jarayoniga produktiv tadbiq etish integrativligini motivatsion-korreksion xarakterga asoslangan refleksiv texnologiyalar orqali ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yisha ishlab shiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari kognitiv va ijtimoiy-emotsional komponentlarga faoliyat natijalarini prognostik jarayonlarning integral uyg‘unligini  empirik baholash hamda o‘qitish sifatini baholash indikatorlarining ichki va tashqi ta’sirlariga barqarorligini ta’minlashda o‘qitishning pedagogik traektoriyasini oddiydan murakkabga qarab intensiv rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 20-fevraldagi 75-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi kompetensiyaviy mezonlar (ijtimoiy, kasbiy, refleksiv, akmeologik)ni elektron axborot ta’lim resurslarining klassifikatorlari hamda kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional (didaktik, metodik, diagnostik) imkoniyatlari bilan integralllash asosida takomillashtirishga oid takliflardan 11-XT-0-1722 raqamli “Qoraqalpoq mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 20-fevraldagi 76-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning tabiiy geografiyaga oid kompetentligini takomillashtirishning integrativ-differensial metodikasi Fase-to-Fase Driver, Rotatsion model, Flex  modellari hamda kasbiy tayyorgarlik darajalarini adaptatsiya shartlari asosida baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni (motivatsion-qadriyatli, ijtimoiy-faoliyatli, operatsion-texnologik) korporativlik va refleksif munosabatlarning qayta aloqaga kirishga yoʻnaltirilgan ijodiy-jarayonli mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirishga hamda tabiiy geografiya fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish tuzilmasi (kognitiv, regulyativ, refleksiv, normativ, kommunikativ) motivatsion-shaxsiy sifatlarning aniqlik darajasini prognostik qiyoslash hamda verbal muloqotni taʼlimiy maqsadlarga ko‘ra sintez qilish jarayoniga produktiv tadbiq etish integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil yil 20-fevraldagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy geografiya bo‘yicha ijodiy-jarayonli mikromuhitni yaratish hamda talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish