Axmedova Nilufar Yaxiyaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bojxona instituti kursantlariga kasbga yo‘naltirilgan leksikani o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari (rus tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1791.
Ilmiy rahbar: Xashimova Dildarxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Abdullaeva Simela Xristoforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bojxona yo‘nalishidagi guruh talabalariga innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda kasbga yo‘naltirilgan (bojxona va yuridik) leksikani o‘qitishning ilmiy asoslangan va eksperimental aprobatsiyalangan metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona yo‘nalishi kursantlari/talabalarining kasbiy faoliyatida terminologik birliklardan foydalanish ko‘nikmalari va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik aspektida bilim va malaka integratsiyasi samaradorligini ta’minlovchi kasbga yo‘naltirish zaruriyati asoslangan;
nutqni rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda kasbga yo‘naltirilgan rus tilini o‘zlashtirish bilan bog‘liq tilga oid va tillararo ma’noviy, kognitiv, vazifaviy, funksional, shakliy, lingvopsixologik, lingvistik (interferensiya va transpozisiya) qiyinchiliklarini aniqlash orqali bojxona va yuridik terminlarini kommunikativ va kompetensiyaviy aspektlarning identivligiga ustuvorlik berish asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
bojxona yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar/talabalar nutq faoliyatida uchraydigan tipologik – lingvistik, didaktik, motivatsion xatoliklarni oldini olish jihatlari asosida terminologik leksikani o‘qitishga yo‘naltirilgan Patternlashtirish metodi leksik kompetensiyani rivojlantirish modelining amaliy komponentlarini harakatli, didaktik, rolli, imitatsion texnologiyalarga biriktirish orqali takomillashtirilgan;
bojxona va yurisprudensiya yo‘nalishidagi bojxona sohasi kursantlari/talabalarida rus tilida bojxona terminologiyasidan og‘zaki va yozma nutqda foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etishga qaratilgan metodik ta’minot kommunikativ mashqlar tipologiyasi va interfaol metodlar integratsiyasi asosida samarali mexanizmi motivatsion mezoniga ustunlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bojxona instituti kursantlariga kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish tizimining tahlil qilinishi bo‘yicha amaliy, shuningdek, nazariy-uslubiy natijalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan xulosalar va takliflar asosida:
bojxona yo‘nalishi kursantlari/talabalarining kasbiy faoliyatida terminologik birliklardan foydalanish ko‘nikmalari va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik aspektida bilim va malaka integratsiyasi samaradorligini ta’minlovchi kasbga yo‘naltirigan yondashuv zaruriyati asoslanganligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Bojxona organlarining xizmat faoliyatida rus tili” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada Bojxona institut ta’limining maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishda rus tili o‘qituvchilariga kursantlar, shuningdek, 2-kurs kursantlari uchun bojxona organlari xodimlariga rus tilini o‘rgatishga ko‘maklashuvchi, amaliyotga yo‘naltirilgan va 36 soatlik amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan “Bojxona organlarining xizmat faoliyatida rus tili” hamda “Bojxona menejmenti” rahbarlar yuqori kursi xodimlarini o‘qitish uchun “Kasbiy kommunikatsiya sohasidagi rus tili” o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan;
nutqni rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda kasbga yo‘naltirilgan rus tilini o‘rganish bilan bog‘liq tilga oid va tillararo ma’noviy, kognitiv, vazifaviy, funksional, shakliy, lingvopsixologik, lingvistik (interferensiya va transpozisiya) qiyinchiliklarini aniqlash orqali bojxona va yuridik terminlarini kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlarning identivligiga ustuvorlik berish asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgani xususidagi nazariy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2021-yil 29-dekabrdagi 38/5-126-son ma’lumotnomasi). Natijada metodik ishlanmalar O‘zbekiston Respublikasidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari rus tili o‘qituvchilari uchun ilmiy-uslubiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
bojxona yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar/talabalar nutq faoliyatida uchraydigan tipologik – lingvistik, didaktik, motivatsion xatoliklarni oldini olish tamoyillari asosida terminologik leksikani o‘qitishga yo‘naltirilgan Patternlashtirish metodi leksik kompetensiyani rivojlantirish modelining amaliy komponentlarini harakatli, didaktik, rolli, imitatsion texnologiyalarga biriktirish orqali takomillashtirilganiga oid xulosalardan 2-kurs kursantlari uchun “Bojxona organlarining xizmat faoliyatida rus tili” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada ushbu o‘quv materiali bo‘lajak bojxona ishi mutaxassislarida kasbga yo‘naltirilgan leksikaning shakllanishiga imkon yaratgan;
bojxona va yurisprudensiya yo‘nalishidagi bojxona sohasi kursantlari/talabalarida rus tilida bojxona terminologiyasidan og‘zaki va yozma nutqda foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etishga qaratilgan metodik ta’minot kommunikativ mashqlar tipologiyasi va interfaol metodlar integratsiyasi asosida samarali mexanizmi motivatsion mezoniga ustunlik berish asosida takomillashtirilganiga oid nazariy xulosalardan “Bojxona organlarining xizmat faoliyatida rus tili” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada bu kasbga yo‘naltirilgan leksikani o‘rgatishning bosqichma-bosqich takomillashtirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursant va tinglovchilar umumiy bilimlarining oshirilishiga xizmat qilgan.