Taxirova Kamolaxon Abrorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘p shaklli ekssudativ eritemasini kompleks davolashning klinik-patogenetik jihatlari» 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib607.
Ilmiy maslahatchi: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sokolovich Nataliya Aleksandrovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universtiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining ko‘p shaklli ekssudativ eritemasini klinik va patogenetik jihatlarga asoslangan holda kompleks davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli ekssudativ eritemasida kasallikning og‘irlik darajasi shilliq parda qizarishi, shish, ulardagi eroziv yaralarni klinik kechishi va sub’ektiv belgilari dinamikasi uch ballik indeksli baholanishi asoslagan;
og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘p shaklli ekssudativ eritema kasalligini qo‘zg‘atuvchisi va qaytalanishiga sabab bo‘luvchi surunkali kasalliklar xamda organizmning allergik xolati og‘iz bo‘shlig‘i so‘lagidagi xujayraviy faktorlar T-, B-limfotsitlar va gumoral faktorlar (IgA, IgM, IgG, sIgA) faolligiga salbiy ta’siri isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i ko‘p shaklli ekssudativ eritema kasalligini kechishi va qaytalanishida immun tizimdagi nomutanosiblik, disbiotik xolat sitokinlar, LPO-AOT miqdori ortishi kasallikni immuno-allergik yoki toksik-allergik genez natijasida rivojlanganligi xaqida erta bashoratlovchi mezonligi isbotlangan;
ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i ko‘p shaklli ekssudativ eritemasini davolashda lazer qizil nuri-614nm va ko‘k nuri uzunligi 451nm spektorini ketma ketlikda kompleks qo‘llanishi, birlamchi immun tizimi sIg A faolligini 2,5 barobar oshirishdagi ijobiy xususiyati isbotlangan;
fotodinamik terapiyaning qizil va ko‘k spektorli nurlarining bilvosita kompleks ta’siri ostida maxalliy anaerob mikroblar, fakultativ flora miqdorini kamayishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i disbiotik buzilishlarini bartaraf etish imkoniyatlari asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining ko‘p shaklli ekssudativ eritemasini diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli ekssudativ eritemasida kasallikning og‘irlik darajasi shilliq parda qizarishi, shish, ulardagi eroziv yaralarni klinik kechishi va sub’ektiv belgilari dinamikasi uch ballik indeksli baholanishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 № 04-r/53-sonli xulosasi “Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘p shaklli ekssudativ eritemasining klinik kechishining xususiyatlari” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar «TO‘RTINChI» stomatologik poliklinikasiga (2023 yil 6 iyun 101 -sonli buyrug‘i bilan) hamda Respublika teri tanosil kasalliklar klinik shifoxonasi (2023 yil 14 noyabr 28-p – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida 80-82% bemorlarda ko‘p shaklli eksudativ eritemasini davolash muddatini qisqartirdi va remissiya davrini 3-4 barobarga uzaytirdi. Hayot sifatini yaxshilash va mehnat qobiliyatini oshirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, tibbiy xizmatning ortiqcha harajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash, kasallikning og‘irlik darajasiga ko‘ra umumiy va maxalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Cheklangan miqdordagi (125 nafar) bemorlarni o‘rganishda iqtisodiy samara 4,75 million so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n marta oshishi mumkin. Xulosa: An’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolash iqtisodiy samaradorligi 68,2%ni tashkil etgan. Shuningdek, davolanish kunlari o‘rtacha 5-7 kunga qisqartirildi hamda remissiyaning sezilarli darajada uzaytirilishiga olib keldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘p shaklli ekssudativ eritema kasalligini qo‘zg‘atuvchisi va qaytalanishiga sabab bo‘luvchi surunkali kasalliklar xamda organizmning allergik xolati og‘iz bo‘shlig‘i so‘lagidagi xujayraviy faktorlar T-, B-limfotsitlar va gumoral faktorlar (IgA, IgM, IgG, sIgA) faolligiga salbiy ta’siri, "Og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli ekssudativ eritema diagnostikasi uchun mikrobiologik va immunologik mezonlar" (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 yildagi 04-r/60-sonli xulosasi) uslubiy tavsiyalarida isbotlangan; Og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli essudativ eritemasini erta tashxislash bo‘yicha erishilgan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, MChJ “4-stomatologiya poliklinikasi” (2023 yil 6 iyun 102 -sonli buyrug‘i bilan), Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasining (2023 yil 14 noyabr 29-p – sonli buyrug‘i bilan) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq qilish natijalari ko‘p shaklli essudativ eritemasini tashhislash sifatini takomillashtirishga yordam beradi, bu o‘z navbatida mahalliy klinik va immunologik ko‘rsatkichlarni va hayot sifatining stomatologik parametrlarini yaxshilaydi, shuningdek, kompleks davolash samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali laboratoriya usulini tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi uslubiy tavsiyalarni qo‘llash natijasida cheklangan miqdordagi bemorlarni (100 ta) o‘rganishda iqtisodiy samara 6 859 000 so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n barobarga oshishi mumkin.
uchinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i ko‘p shaklli ekssudativ eritema kasalligini kechishi va qaytalanishida immun tizimdagi nomutanosiblik, disbiotik xolat sitokinlar, LPO-AOT miqdori ortishi kasallikni immuno-allergik yoki toksik-allergik genez natijasida rivojlanganligi xaqida erta bashoratlovchi mezon sifatida qo‘llash tasdiqlangan "Og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli ekssudativ eritema diagnostikasi uchun mikrobiologik va immunologik mezonlar" (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 yildagi 04-r/60-sonli xulosasi) uslubiy tavsiyalarida isbotlangan; Og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli essudativ eritemasini erta tashxislash bo‘yicha erishilgan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, MChJ “4-stomatologiya poliklinikasi” (2023 yil 6 iyun 102 -sonli buyrug‘i bilan), Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasining (2023 yil 14 noyabr 29-p – sonli buyrug‘i bilan) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq qilish natijalari ko‘p shaklli essudativ eritemasini tashxislash samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu o‘z navbatida mahalliy klinik va immunologik ko‘rsatkichlarni va hayot sifatining stomatologik parametrlarini yaxshilaydi, shuningdek, kompleks davolash samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali laboratoriya usulini tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi uslubiy tavsiyalarni qo‘llash natijasida cheklangan miqdordagi bemorlarni (100 ta) o‘rganishda iqtisodiy samara 6 859 000 so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n barobarga oshishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i ko‘p shaklli ekssudativ eritemasini davolashda lazer qizil nuri-614nm va ko‘k nuri uzunligi 451nm spektorini ketma ketlikda kompleks qo‘llanishi, birlamchi immun tizimi sIg A faolligini 2,5 barobar oshirishdagi ijobiy xususiyati "Og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli ekssudativ eritema diagnostikasi uchun mikrobiologik va immunologik mezonlar" (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 yildagi 04-r/60-sonli xulosasi) uslubiy tavsiyalarida isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida 80-82% bemorlarda ko‘p shaklli eksudativ eritemasini davolash muddatini qisqartirdi va remissiya davrini 3-4 barobarga uzaytirdi. Hayot sifatini yaxshilash va mehnat qobiliyatini oshirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, tibbiy xizmatning ortiqcha harajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash, kasallikning og‘ilik darajasiga ko‘ra umumiy va maxalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Xulosa: An’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolash iqtisodiy samaradorligi 68,2%ni tashkil etgan. Shuningdek, davolanish kunlari o‘rtacha 5-7 kunga qisqartirildi hamda remissiyaning sezilarli darajada uzaytirilishiga olib keldi.
beshinchi ilmiy yangilik: fotodinamik terapiyaning qizil va ko‘k spektorli nurlarining bilvosita kompleks ta’siri ostida maxalliy anaerob mikroblar, fakultativ flora miqdorini kamayishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i disbiotik buzilishlarini bartaraf etish imkoniyatlari Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 № 04-r/58-sonli xulosasi “Og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p shaklli essudativ eritemasini davolash va oldini olish algoritmi” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar «TO‘RTINChI» stomatologik poliklinikasiga (2023 yil 6 iyun 103 -sonli buyrug‘i bilan) hamda Respublika teri tanosil kasalliklar klinik shifoxonasi (2023 yil 14 noyabr 30-p – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida 80-82% bemorlarda ko‘p shaklli eksudativ eritemasini davolash muddatini qisqartirdi va remissiya davrini 3-4 barobarga uzaytirdi. Hayot sifatini yaxshilash va mehnat qobiliyatini oshirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, tibbiy xizmatning ortiqcha harajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash, kasallikning og‘ilik darajasiga ko‘ra umumiy va maxalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Xulosa: An’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolash iqtisodiy samaradorligi 68,2%ni tashkil etgan. Shuningdek, davolanish kunlari o‘rtacha 5-7 kunga qisqartirildi hamda remissiyaning sezilarli darajada uzaytirilishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish