Pardaeva Iroda Mamayunusovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy tarixiy asarlari badiiyati”, 10.00.02–O‘zbek  adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil535.

Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Qudratullaev Hasan Samadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mullaxo‘jaeva Karomat Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiyning tarixiy asarlari, ularning shoir ijodiy merosida tutgan o‘rni, xususan, badiiy o‘ziga xosligini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi muluki Ajam” asarlarida ifodalangan tarixiy haqiqat va ma’rifiy g‘oyaning ijodiy, ilmiy-badiiy xususiyatlari  ochib berilgan;

Tarixi muluki Ajam” va “Xamsa” asarlarida ulug‘ shoir uslubidagi tarixiy aniqlik bilan yondashuv hamda xalqchil til va badiiylik tamoyillari asoslangan;

ulug‘ adib tarixiy asarlarining o‘z davri uchun muhim bo‘lgan g‘oyaviy-badiiy, takomil darajasiga etgan uslubiy va mumtoz poetik jihatlariasoslanib,ushbu asarlardagi she’riy matnlar poetikasining turkiy-tarixiy nasrdagi badiiy-estetik hamda turkiy tilning semantik-stilistik  xususiyatlari aniqlangan;

 Navoiy tarixiy asarlari qahramonlarining o‘ziga xos milliy va ma’naviy olami, ularning tarixiy faoliyati hamda taqdiri haqidagi ma’lumotlar “Xamsa” dostonlaridagi badiiy talqini bilan solishtirilib, hukmdorlarga xos faqrsifat, darveshsifat, adolatparvarlik, diyonat kabi ijobiy fazilatlar va nodonlik, kaltabinlik, xudbinlik kabi salbiy xususiyatlar dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi .

Alisher Navoiy tarixiy asarlarining ilmiy tahlili bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy va amaliy natijalari asosida:

Alisher Navoiy tarixiy asarlaridagi g‘oyaviy-badiiy jihatdan qo‘lga kiritilgan ilmiy  xulosalardan OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy-ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazrligining 2018 yil 10 apreldagi 89-03-1358-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi natijasida  “Tarixi muluki Ajam” asaridagi tarixiy hodisalar va shaxslar, Navoiy tarixiy asarlarida ko‘zga tashlangan xalqchillik tamoyili, bu asarlardagi  fol`klor namunalari, hikoyatga oid masalalarga oydinlik kiritish imkoniyatini bergan;

Alisher Navoiy ijodida yangi qahramon va personajlar bilan muloqotga kirishish kabi usullar vositasida badiiy timsollar yaratish, shoirning estetik g‘oyalarini o‘rganishga  oid xulosalardan F-1-135 raqamli “Alisher Navoiy asarlarining konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 iyuldagi 89-03-2681-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘zbek badiiy nasrida podshohlar zikri o‘ziga xos ruh va uslubda mukammal badiiy ifodasini topganligi, hukmdor odil shoh obrazi orqali Navoiy falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy tasavvur va qarashlari, g‘oyaviy-nazariy maqsadlarining ochib berilishiga xizmat qilgan;

Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” va “Tarixi muluki Ajam”ning o‘ziga xos yaratilish tarixi haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi yosh ijodkorlariga, adabiy kechalarda, yosh shoir va shoiralar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 18 iyuldagi 01-03/949-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi yosh ijodkorlarga Navoiy tarixiy asarlarida shohlar tasviriga o‘ziga xos tarzda yondashganligi, balki xalq va millat farovonligi uchun qilgan ezgu amallari va saxovatli ishlari bilan belgilanganligi haqida teranroq ma’lumot olishga ko‘maklashgan.

Navoiy nasriy  asarlaridagi tarixiy shaxslarning badiiy talqini bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Biz kimlarning avlodimiz” ko‘rsatuvining Alisher Navoiy hayoti, ijodi va tarixi asarlari tadqiqiga bag‘ishlangan sonida dissertatsiya ma’lumotlaridan foydalangan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 1 avgustdagi 02-16/385-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning estetik saviyasi oshgan va teletomoshabinlar auditoriyasining kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish