Shoergashova Shobegim Sharof qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vliyanie antropogennix azotnix soedineniy na formirovanie kachestva vodi reki Zarafshan v usloviyax izmeneniya klimata”, 11.00.05 – “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4999
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Karimov Baxtiyor Kuramboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Kulmatov Rashid Anarovich – O‘zbekiston Milliy Universiteti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, “Ekologiya” kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori (11.00.05).
Myagkov Sergey Vladimirovich – Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Gidrologiya bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim (05.23.16; 11.00.07).
Yetakchi tashkilot – Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon daryosi suv sifati shakllanishiga antropogen azot birikmalarining iqlim o‘zgarishi sharoitida ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
azot birikmalarining konsentratsiyasi va fizik-gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik olingan, suv sifati o‘zgarishining vaqt-zamon va fazoviy xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan;
azot bilan ifloslanishning turli manbalarini fazoviy taqsimoti baholangan, Zarafshon daryosi havzasining o‘rta va quyi oqimida shahar va qishloq xo‘jaligi manbalariga tegishli azot yuklamalari hisoblab chiqilgan;
agrar manbalardan azotli birikmalar bilan ifloslanishda ammoniy azoti (N-NH4) eng sezgir indikator ekanligi ilmiy asoslangan va azotli birikmalar bilan “eng yuqori” ifloslanish xududlari aniqlangan;
Zarafshon daryosi havzasining o‘rta va quyi oqimida 1960-2020 yillarda haroratning biroz o‘sishi (0,02-0,04°C) tendensiyalari topilgan. Lekin, harorat, yog‘ingarchilik va azot birikmalari o‘rtasida sezilarli korrelyasion bog‘liqlik yo‘qligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Zarafshon daryosida suv sifatining shakllanishiga antropogen azot birikmalarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv sifatini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Karmana-Konimex” irrigatsiya tizimi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 25 sentyabrdagi 03-03/3-9385 son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ekotizim xizmatlari va aholi salomatligini himoya qilish hamda monitoring tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan EHM dasturi Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 25 sentyabrdagi 03-03/3-9385 son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosi havzasining o‘rta va quyi oqimida qishloq xo‘jaligi manbalariga tegishli azot yuklamalarini aniqlash va bashorat qilish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 25 sentyabrdagi 03-03/3-9385 son ma’lumotnomasi). Natijada, bu suv sifatini yaxshilash va havzada suv ekotizimlarining ekologik barqarorligini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish