Yokubova Shaxnoza Yusufovnaning  
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “O‘zbek tilida hokim a’zosi fe’lli birikmalar”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/Fil2716.
Ilmiy rahbar: Nazarova Saida Axmedjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Shokirova Havasxon Nurmamatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Yuldasheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi hokim a’zosi fe’lli birikmalar va turlarini, ularning lisoniy qurilishi va nutqiy voqelanishini substansial nuqtayi nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida hokim a’zosi fe’lli birikmalarning ikki ma’noviy turi ajratilib, fe’lli birikmalar tizimida  [obekt-harakat] ma’noli va [belgi-harakat] ma’noli turlari mavjudligi aniqlangan;
til sathida [obekt-harakat] ma’noli fe’lli birikmalar lisoniy qurilishini umumlashtiruvchi [Ik.k.~F]=SB va [Iko‘m.~F]=SB qoliplari, [Ik.k.~ F]=SB qolipiga tegishli xususiy qoliplar – [Ib.k.~F]=SB, [It.k.~F]=SB, [Ij.k.~F]=SB, [Io‘-p.k.~F]=SB, [Ich.k.~F]=SB hamda [belgi-harakat] ma’noli fe’lli birikmalarning lisoniy qurilishini aks ettiruvchi umumiy [I ~ F]=SB qolipi, bu qolipga oid 5 xil oraliq qolip – [Sf~F]=SB, [R~F]=SB, [S~F]=SB, [T~F]=SB, [Olm~F]=SB mavjudligi va fe’lli birikmalar tizimini tashkil etishi substansial sintaktik nazariya negizida asoslab berilgan;
 [obekt-harakat] va [belgi-harakat] ma’noli fe’lli birikmalarning badiiy nutqdagi variantlari [Ik.k.~F]=SB, [Iko‘m.~F]=SB va [I ~F]=SB kabi  lisoniy sintaktik qoliplarning nutq uslublaridagi hosilalari ekanligi isbotlangan;
[Ik.k.~F], [Iko‘m.~F] va [I~F]  qurilishli birikmalar badiiy tasvirda troplarni metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish asosida hosil qilishi, sintaktik ellipsis, sintaktik parallelizm va gradatsiyani shakllantirishi, tildagi rang-barang leksik-morfologik imkoniyatlarni moddiylashtirishi, obrazli ifodani hosil qilishi, hissiy ta’sirchan, jozibador va jonli tasvir hosil qiladigan ko‘chimlarni vujudga keltirishi dalillangan.          
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi hokim a’zosi fe’lli  so‘z birikmalarining lisoniy va nutqiy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilida hokim a’zosi fe’lli birikmalarning ikki ma’noviy turi ajratilib, fe’lli birikmalar tizimida  [obekt-harakat] ma’noli va [belgi-harakat] ma’noli turlari mavjudligiga doir ma’lumotlardan Buxoro davlat  universitetida A-OT-2021-2 raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 19-iyundagi 01-04/3394-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’lli birikmalarining lisoniy qurilish xususiyatlari, nutqiy jihatlari dalillangan ilmiy-nazariy qarashlar “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasi”ning yaratilishida lingvistik ta’minot vazifasini bajargan;
[Ik.k.~F], [Iko‘m.~F] va [I~F]  qurilishli birikmalar badiiy tasvirda troplarni metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish asosida hosil qilishi, sintaktik ellipsis, sintaktik parallelizm va gradatsiyani shakllantirishi, tildagi rang-barang leksik-morfologik imkoniyatlarni moddiylashtirishi, obrazli ifodani hosil qilishi, hissiy ta’sirchan, jozibador va jonli tasvir hosil qiladigan ko‘chimlarni vujudga keltirishi kabi ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik yordam ko‘rsatish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda (2016-2017-yy.) foydalanilgan (Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutining 2023-yil 22-dekabrdagi 12-04/01-446-son ma’lumotnomasi). Natijada turli qatlamga oid shaxslar muloqoti fe’lli birikmalarning o‘ziga xos nutqiy xususiyatlariga oid lingvistik materiallar orqali asoslangan;
[obekt-harakat] va [belgi-harakat] ma’noli fe’lli birikmalarning badiiy nutqdagi variantlari [Ik.k.~F]=SB, [Iko‘m.~F]=SB va [I ~F]=SB kabi  lisoniy sintaktik qoliplarning nutq uslublaridagi hosilalari ekanligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari va “Asrlarning asraganlari” radioeshittirishlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-noyabrdagi 02-09-318-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar mazmunan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish