Usmonova Odina Siddikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamnining lisoniy manzarasida taom nomlarining o‘rni”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4292.
Ilmiy rahbar: Shahabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzahidova Muyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gulyamova Shahnoza Qahramonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olamning lisoniy manzarasida taom nomlarining o‘rni va ahamiyati masalasini, lingvistik, lingvokulturologik va sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat nomlarida kodlangan ijtimoiy ierarxiya va gender normalari sotsiolingvistik yondashuv negizida aniqlanishi orqali nutqdagi mahsulot, ingredient, taom, pishirish usullari va ovqatlanish odatlarini bildiruvchi atamalar tilning o‘zida kodlangan tizimli tengsizlik va taxminlarni ochib berishi asoslangan;
“taom” konsepti olam lisoniy manzarasining bir bo‘lagi bo‘lib, milliy tushuncha, g‘oya, tasvir va munosabatlarni aks ettiruvchi ustuvorlik, stereotip, mentalitet va dunyoqarash, ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizimi, turli xalqlar madaniyatlariga xos bo‘lgan an’ana, urf-odat va e’tiqod, bu xalqlarning tarixiy taqdirlaridagi farqlarni namoyon etishi ochib berilgan;
“taom” konsepti ko‘p qatlamli tushuncha bo‘lib, u alohida egulik va mahsulotlarning o‘ziga xos nomlarini, shuningdek, muqaddas ma’noga ega bo‘lgan ramziy arxetipik tasvirlarni o‘z ichiga olishi aniqlangan;
“taom” tushunchasi nafaqat so‘zning leksik ma’nosini, balki madaniy, ijtimoiy va gastronomik jihatlarini ham aks ettirib, tilda taomni ifodalash uchun mavjud birliklar turli madaniyat va jamiyatning ovqatlanish hamda gastronomiya haqidagi g‘oyalarini tashkil etishi, madaniy jihatdan nafaqat moddiy obekt (oziq-ovqat), balki oziq-ovqat tayyorlash, xizmat qilish va is’temol qilish bilan bog‘liq madaniy xususiyatlar: an’analar va urf-odatlarni ham o‘z ichiga olishi, ijtimoiy jihatdan tilda ijtimoiy mavqe, yosh, jins yoki boshqa ijtimoiy jihatlarni aks ettiruvchi taomlar uchun turli xil atamalar bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning lisoniy manzarasida taom nomlarining o‘rni va masalasini, taom nomlarining tarixiy rivojlanishi, lingvistik, lingvokulturologik va sotsiolingvistik xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq vazifalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“taom” konseptining ko‘p qatlamli tushunchaligi, u alohida egulik va mahsulotlarning o‘ziga xos nomlarini, shuningdek muqaddas ma’noga ega bo‘lgan ramziy arxetipik tasvirlarni o‘z ichiga olishiga doir o‘ziga xos jihatlar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi 39-01-489-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya nutq vositalariga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
“taom” tushunchasi nafaqat so‘zning leksik ma’nosini, balki madaniy, ijtimoiy va gastronomik jihatlarini ham aks ettirib, tilda taomni ifodalash uchun mavjud birliklar turli madaniyat va jamiyatning ovqatlanish hamda gastronomiya haqidagi g‘oyalarini tashkil etishi, madaniy jihatdan nafaqat moddiy obekt (oziq-ovqat), balki oziq-ovqat tayyorlash, xizmat qilish va iste’mol qilish bilan bog‘liq madaniy xususiyatlar: an’analar, urf-odatlarni ham o‘z ichiga olishi, ijtimoiy jihatdan tilda ijtimoiy mavqe, yosh, jins yoki boshqa ijtimoiy jihatlarni ham aks ettiruvchi taomlar uchun turli xil atamalar bo‘lishi asoslanganligi kabilardan ularning olam lisoniy manzarasidagi aksiga doir lingvistik atamalarni izohlashda Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi 39-01-488-son ma’lumotnomasi). Natijada olam lisoniy manzarasi tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarning o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
“taom” konsepti olam lisoniy manzarasining bir bo‘lagi bo‘lib, milliy tushuncha, g‘oya, tasvir va munosabatlarni aks ettiruvchi ustuvorlik, stereotip, mentalitet va dunyoqarash, ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizimi, turli xalqlar madaniyatlariga xos bo‘lgan an’ana, urf-odat va e’tiqod, bu xalqlarning tarixiy taqdirlaridagi farqlarni namoyon etishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muxarririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysida (2024-yil yanvar va fevral oylari) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 5-fevraldagi 04-36-175-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda tillardagi taom nomlarini o‘rganishda, tizimni aniqlashda hamda mukammal tasniflashda nazariy qarashlar va faktlar bilan boyitib berishda o‘ziga xoslik ta’minlangan.