Tuxtasinova Zilola Mukumovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida haqorat konseptining ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2303.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Miyasar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xursanov Nurislom Iskandarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz kommunikativ madaniyatida haqorat konseptining milliy xususiyatlarini aniqlash, pragmatik xususiyatlarini va ularni ifodalash usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
haqorat asosiy tushuncha sifatida yondosh tushunchalar tahqir, so‘kish, tanqid, ta’na-dashnom, tuhmat, masxaralash, istehzo kabilar bilan birga tub, rivojlanayotgan, muqim va birlamchi xususiyatlarga ega konseptni tashkil etishi ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tilida fe’l-atvor, tashqi ko‘rinish, dunyoqarash/e’tiqod, odat, aql-farosat, kasbi/bandligi, kelib chiqishi/yashash joyi/millati, jamiyatdagi mavqei, malaka/qobiliyat, tana tuzilishi, qiziqish, umumiy jihat (alohida jihatiga qaratilmagan), jinsi va jinsiy orientatsiyasi, kishilar guruhiga qaratilgan haqoratlar ifodasida ikki tilning bir-biriga pragmatik, intensional, yo‘nalishga oid o‘xshash va farqli tomonlari aniqlangan;
ingliz tilida haqorat nomini va jarayonini birdek ifodalovchi affront, abuse kabi so‘zlarga oid gibridlik o‘zbek tili uchun xos emasligi aniqlangan;
bir mazmunli asosdan yasalgan haqorat ifodalovchi so‘zlar ingliz va o‘zbek mentalitetidan kelib chiqib turli ma’no ifodalashi (“lo‘lilik qilmoq” – janjalkash bo‘lmoq; “to gyp” – aldamoq) dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida haqorat konseptining ifodalanishini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tilida fe’l-atvor, tashqi ko‘rinish, dunyoqarash/e’tiqod, odat, aql-farosat, kasbi/bandligi, kelib chiqishi/yashash joyi/millati, jamiyatdagi mavqei, malaka/qobiliyat, tana tuzilishi, qiziqish, umumiy jihat (alohida jihatiga qaratilmagan), jinsi va jinsiy orientatsiyasi, kishilar guruhiga qaratilgan haqoratlar ifodasida ikki tilning bir-biriga pragmatik, intensional, yo‘nalishga oid o‘xshash va farqli tomonlari o‘ziga xosligiga oid qarashlaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 9-yanvardagi 39-01-46-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot odatida haqoratning lingvokulturologik va lingvopragmatik jihatlar tavsifi ilmiy jihatdan boyitilgan;
haqorat asosiy tushuncha sifatida yondosh tushunchalar tahqir, so‘kish, tanqid, ta’na-dashnom, tuhmat, masxaralash, istehzo kabilar bilan birga tub, rivojlanayotgan, muqim va birlamchi xususiyatlarga ega konseptni tashkil etishi borasidagi, o‘zbek tilida zillat, ihonat so‘zlari bilan ifodalangan haqorat konsepti ifoda imkoniyatlari bugunga kelib haqorat, kamsitish, so‘kish, dashnom berish kabi so‘zlar bilan, ingliz tilidagi haqorat insult, foul language, bad words iboralari bilan ifodalangan haqorat konsepti ifoda imkoniyatlari hozirda racial slur, invective, put-down kabi yangi ifodalar bilan boyishi har ikki tilda ham haqorat konsepti rivojlanayotgani va qamrovi kengayotgani borasidagi xulosa va natijalardan kontekstual va perlokutiv ta’sir samaradorligi, asosan, kommunikativ maqsad-muddaoning konstativ guruhiga mansubligi, unda nutqiy aktni ifodalovchi kinoya, kesatiq kabi intensional tuslar namoyon bo‘lishiga oid qarashlardan Andijon davlat universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “№ IL – 402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” da davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 9-yanvardagi 39-01-47-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy janrlarda lingvokulturologik va linvopragmatik jihatlar tavsifi o‘zbek va ingliz tillaridagi materiallar tahlili asosida boyitilgan;
tilning turli sathlaridagi haqoratni ifodalovchi lisoniy birliklarni baholash, haqoratning ta’rifi, jumladan, haqoratning jinoyat sifatidagi ta’rifi, o‘rganilayotgan tillarda haqoratning ifodalanishi, haqoratning milliy o‘ziga xosligini tavsiflash, o‘zbek va ingliz tillarida haqorat konseptini ifodalovchi leksik-frazeologik birliklar, haqorat turlarini aniqlash borasidagi xulosa va natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “DM Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va manaviyať”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlarning 2023 yil may va oktyabr oylari sonlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-iyuldagi 04-36-826-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, yangiliklar asosida ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga hizmat qilgan.