Shamshetova Yulduz Maxamatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Rus va qoraqalpoq tillaridagi anglisizmlar (1991-2023 yillar ommaviy axborot vositalari asosida)”, 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3613.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudaykulov Abdulla Eshkuvatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va qoraqalpoq tillarida yuritiladigan ommaviy axborot vositalarida mavjud bo‘lgan inglizcha o‘zlashmalarning soni, tarkibi va moslashuvi nuqtai nazardan kompleks ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va qoraqalpoq tillaridagi davriy nashrlar va ommaviy axborot vositalarining matnlarida ingliz tilidagi o‘zlashmalarning ma'no toraytirish va kengaytirish kabi leksik hamda semantik usullari aniqlangan;
rus va qoraqalpoq tillaridagi mustaqillik davri (1991-2023) ommaviy axborot vositalar globallashuv va texnologik o‘zgarishlarning ta’sirida anglisizmlar sonining ortish dinamikasiga uchragani isbotlangan;
inglizcha o‘zlashuvlarning til tizimiga integratsiyalashuv jarayoni va ularning rus hamda qoraqalpoq tillariga ijobiy ta’siri, moslashuv xususiyatlari, jumladan, semantik, fonetik, so‘z yasalishi va morfologik o‘zgarishlari ochib berilgan;
rus va qoraqalpoq ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilgan inglizcha siyosiy, iqtisodiy, sport va internet o‘zlashmalarining tematik hamda struktur-semantik xususiyatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va qoraqalpoq tillaridagi anglisizmlarni tadqiq qilish jarayonida olingan natijalari asosida:
inglizcha o‘zlashuvlarning til tizimiga integratsiyalashuv jarayoni va ularning rus hamda qoraqalpoq tillariga ijobiy ta’siri, moslashuv xususiyatlari, jumladan, semantik, fonetik, so‘z yasalishi va morfologik o‘zgarishlari haqqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 sentyabrdagi 513-son Qarori bilan tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar bilan ishlash hududiy boshqarmasida amalga oshirilgan “Reestrga kiritilgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish” mavzusidagi ijtimoiy loyihada foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar bilan ishlash boshqarmasining 2024 yil 22 apreldagi 02-08/561-son maʻlumotnomasi). Natijada rus va qoraqalpoq lug‘atlari qatlamlariga kirib kelgan inglizcha leksemalarning maʻnosini oydinlashtirish, ularning Qoraqalpog‘iston ommaviy axborot vositalar matnlarida rus va qoraqalpoq tillaridagi, leksikografik manbalarida qayd etilishini aniqlash imkonini bergan;
rus va qoraqalpoq ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilgan inglizcha siyosiy, iqtisodiy, sport va internet o‘zlashmalarining tematik hamda struktur-setmantik xususiyatlari oid tematik tarkibi bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 29 apreldagi 170/1-son ma’lumotnomasi). Natijada publisistik manbalar ommaviy axborot vositalar matnini tahlil qilishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.
rus va qoraqalpoq tillaridagi mustaqillik davri (1991-2023) ommaviy axborot vositalar globallashuv va texnologik o‘zgarishlarning ta’sirida anglisizmlar sonining ortish dinamikasi natijalari “Muhim dialog” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2024 yil 13 maydagi 05-22/231-son maʻlumotnomasi). Natijada ekspertlar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
rus va qoraqalpoq tillaridagi davriy nashrlar va ommaviy axborot vositalarining matnlarida ingliz tilidagi o‘zlashmalarning ma'no toraytirish va kengayish leksik hamda semantik usullariga oid natijalardan “Rus va qoraqalpoq tillarida yuritiladigan ommaviy axborot vositalaridagi anglisizmlar ta’rifi” seminar-treningda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ommaviy axborot vositalari kommunikatsiyalari agentligi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024 yil 24 apreldagi VK-01-173-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyorlangan materialning ilmiy ommabopligi ta'minlanadi.