Istamov Maxmud Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi “O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayoni ishtirokchilari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish: konstitusiyaviy-huquqiy tahlil”, 12.00.02. – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu375.
Ilmiy rahbar: Xakimov Raximjon Rasuljonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Muxamedjanov Omonulla Zakirovich; yuridik fanlar doktori, professor Turgunov Oybek Karimovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayoni ayrim ishtirokchilari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari hamda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish, siyosiy partiyaning vakolatli vakilini, siyosiy partiyadan deputatlikka nomzodlarni, siyosiy partiyaning va deputatlarning ishonchli vakillarini, kuzatuvchilarni ro‘yxatga olish, OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va saylov komissiyalari vakolatiga kiruvchi quyi saylov komissiyalarini tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda MSK deb yuritiladi) tavsiya etish bilan bog‘liq muloqotsiz shaklda qilish mumkin bo‘lgan tartib-taomillarni masofadan turib raqamli texnologiyalardan foydalangan holda “Raqamli saylov komissiyasi” tizimi orqali amalga oshirilishi zarurligi asoslangan;
saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini, yoshlar hamda nogironligi bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolarni jalb qilish zarurligi asoslangan;
saylovga oid moliyaviy hisobdorlik tizimi bekamu ko‘st ishlashi uchun saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni MSKga siyosiy partiya tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun javobgarlik o‘rnatish zarurligi asoslab berilgan;
“oilaviy ovoz berish” yoki “boshqalar nomidan ovoz berish” qonunchilik bilan taqiqlangan bo‘lsada, ushbu salbiy amaliyotiga batamom barham berish uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayoni ishtirokchilari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid tadqiqotdagi ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun MSKga tavsiya etish jarayonlari “Raqamli saylov komissiyasi” doirasida raqamlashtirilgan tizimda amalga oshirilishi zarurligi haqidagi taklifdan MSKning 2024-yil 27-maydagi
1330-son qarori bilan tasdiqlangan “Hududiy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-bandini (hududiy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi norma) ishlab chiqishda foydalanilgan (MSKning 2024-yil 5-iyundagi 362/2-son ma’lumotnomasi);
saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini, yoshlar hamda nogironligi bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolarni jalb qilish zarurligi haqidagi taklifdan MSKning 2024-yil 27-maydagi 1330-son qarori bilan tasdiqlangan “Hududiy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (MSKning 2024-yil
5-iyundagi 362/2-son ma’lumotnomasi);
saylovga oid moliyaviy hisobdorlik tizimi bekamu ko‘st ishlashi uchun saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni MSKga ciyosiy partiya tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun javobgarlik o‘rnatish zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 4-sentyabrdagi O‘RQ–953-son Qonuning 2-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 16-sentyabrdagi
04/10-10-33-son ma’lumotnomasi);
“oilaviy ovoz berish” yoki “boshqalar nomidan ovoz berish” qonunchilik bilan taqiqlangan bo‘lsada, ushbu salbiy amaliyotiga batamom barham berish uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 4-sentyabrdagi O‘RQ–953-son Qonuning 2-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 16-sentyabrdagi
04/10-10-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan saylov jarayoni ishtirokchilari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.