Raxmatov Alisher Tursunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “MDR1 geni polimorfizmlarini o‘rganib, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini davolashda prostamed va permikson preparatlarining samaradorligini baholash” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD /Tib1209.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Zafar Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musaeva Dilfuza Maxmudovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MDR 1 genining G2677T va C3435T polimorfizmi genotiplarini hisobga olgan holda prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bilan og‘rigan bemorlarda prostamed va permikson preparatlarining farmakodinamik ta’sirini o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlarda MDR 1 genining G2677T va C3435T polimorfizmlarining asosan geterozigot va «yovvoyi» gomozigot variantlari ustuvor uchrashi tufayli qo‘llanilayotgan dori vositalarining ho‘jayraga kirishi nisbatan kamayishi kuzatilishi aniqlangan;
ilk bor prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi medikamentoz davosida qo‘llangan prostamed va permikson preparatlari farmakodinamik ta’siri bilan MDR 1 geni polimorfizmlari genotiplari orasida bog‘liqlik mavjudligi tufayli ushbu genlar «yovvoyi», «mutant» va geterozigot genotiplari mavjudligiga qarab bemorlarda samara kuchli, o‘rtacha va kuchsiz, hatto samara kuzatilmasligi mumkinligi aniqlangan;
bemorlarda maksimal siydik oqimi, qoldiq siydik hajmi va PSA miqdori ko‘rsatkichlari davo ta’sirida eng ko‘p o‘zgarishga uchrashi va dori vositalari personal tanlovi va dozalash tartibini tabaqalashtirishda asosiy mezon sifatida qo‘llanishi isbotlangan;
prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlar konservativ davosi samaradorligi va havfsizligini ta’minlash uchun dori vositalarini personal tanlash va dozalash tartibini shakllantirishda MDR 1 geni G2677T va C3435T polimorfizm genotiplari bo‘yicha genotiplash zaruriyati mavjudligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MDR 1 genining G2677T va C3435T polimorfizmi genotiplarini hisobga olgan holda prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bilan og‘rigan bemorlarda davo samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlarda MDR 1 genining G2677T va C3435T polimorfizmlarining asosan geterozigot va «yovvoyi» gomozigot variantlari ustuvor uchrashi tufayli qo‘llanilayotgan dori vositalarining ho‘jayraga kirishi nisbatan kamayishi kuzatilishi aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinik shifoxonasining 16.09.2021 yildagi 10-sonli hamda , “Akfa Medline” ko‘p tarmoqli klinikasining 19.11.2021 yildagi 39-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prostata bezi havfsiz giperplaziyasi kasalligida bemorlarni MDR1 geni C3435T va G2677T polimorfizmlari bo‘yicha genotiplash, dori vositasi tanlovi va uning dozalash tartibini personallashtirish va tabaqalashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlarda MDR 1 genining G2677T va C3435T polimorfizmlarining asosan geterozigot va «yovvoyi» gomozigot variantlari davolash usulini tanlashda samaradorligi tufayli sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlarda MDR1 G2677T va C3435T polimorfizmlari genotiplarini bilan kasallik kechishi ko‘rsatkichlari orasidagi uzviy bog‘liqlikni mavjudligi va ushbu genotiplar mavjudligiga mos ravishda davo samaradorligini turlicha ekanligi medikamentoz davo uchun dori vositalari tanlovini tabaqalashtirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi medikamentoz davosida qo‘llangan prostamed va permikson preparatlari farmakodinamik ta’siri bilan MDR 1 geni polimorfizmlari genotiplari orasida bog‘liqlik mavjudligi tufayli ushbu genlar «yovvoyi», «mutant» va geterozigot genotiplari mavjudligiga qarab bemorlarda samara kuchli, o‘rtacha va kuchsiz, hatto samara kuzatilmasligi mumkinligi aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinik shifoxonasining 16.09.2021 yildagi 10-sonli hamda , “Akfa Medline” ko‘p tarmoqli klinikasining 19.11.2021 yildagi 39-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prostata bezi havfsiz giperplaziyasi kasalligida bemorlarni MDR1 geni C3435T va G2677T polimorfizmlari bo‘yicha genotiplash orqali prostamed va permikson preparatlari farmakodinamik ta’siri bilan dori vositasi samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlarda MDR 1 genining G2677T va C3435T polimorfizmlarining asosan geterozigot va «yovvoyi» gomozigot variantlari davolash usulini tanlashda samaradorligi tufayli sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: MDR1 geni polimorfizmlari genotiplari variantlariga qarab ta’sir darajasi turlicha ekanligi, hatto ta’sir bo‘lmasligi tavsiya etilgan preparatlar samarasini oldindan taxmin qilish va alternativ preparatlar va davo sxemalarini ishlab chiqish uchun zamin yaratdi.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarda maksimal siydik oqimi, qoldiq siydik hajmi va PSA miqdori ko‘rsatkichlari davo ta’sirida eng ko‘p o‘zgarishga uchrashi va dori vositalari personal tanlovi va dozalash tartibini tabaqalashtirishda asosiy mezon sifatida qo‘llanishi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinik shifoxonasining 16.09.2021 yildagi 10-sonli hamda, “Akfa Medline” ko‘p tarmoqli klinikasining 19.11.2021 yildagi 39-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: MDR 1 G2677T, MDR 1 C3435T, genotipini hisobga olgan holda bemorlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini berdi va asoratlar xavfini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: eng ko‘p o‘zgarishga uchrashi va dori vositalari personal tanlovi va dozalash tartibini tabaqalashtirish davolash usulini samaradorligi tufayli sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi kasalligi mavjud bemorlarni MDR 1 geni G2677T va C3435T polimorfizmlari genotiplarni bo‘yicha genotiplash asosida kasallikni samarali va havfsiz farmakoterapiyasini amalga oshirish, hamda prostata bezi giperplaziyasini rivojlanishi va asoratlashuvini oldini olishni natijador yondashuvlarini yaratish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlar konservativ davosi samaradorligi va havfsizligini ta’minlash uchun dori vositalarini personal tanlash va dozalash tartibini shakllantirishda MDR 1 geni G2677T va C3435T polimorfizm genotiplari bo‘yicha genotiplash zaruriyati mavjudligi asoslanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinik shifoxonasining 16.09.2021 yildagi 10-sonli hamda, “Akfa Medline” ko‘p tarmoqli klinikasining 19.11.2021 yildagi 39-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/93-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi kasalligini medikamentoz davosi samaradorligining turli bemorlarda turlicha bo‘lishi negizida dori vositalarining farmakokinetikasini nazorat etuvchi genlar, jumladan MDR 1 geni G2677T va C3435T polimorfizmlari turli genotiplarini uchrashi bilan bog‘liq ekanligi va davo samaradorligi va havfsizligini ta’minlashning personallashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: eng ko‘p o‘zgarishga uchrashi va dori vositalari personal tanlovi va dozalash tartibini tabaqalashtirish jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatmalarni kamaytirish, bemor hayot sifatini yaxshilash, hamda davo sarf-harajatlarini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi mavjud bemorlarni MDR1 geni G2677T va C3435T polimorfizmlari bo‘yicha genotiplash negizida kasallikni samarali va havfsiz farmakoterapiyasini amalga oshirish, uning asoratlarini oldini olish, jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatmalarni kamaytirish, bemor hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.