Kuchkorov Shavkat Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “surunkali yurak etishmovchiligida vitamin D, elektrolitlar va paratgormonni standart muolajalar negizida buyraklar funksional holatiga ta’sirini baholash” 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3749.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdig‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maqsud Ataboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullaboeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligida qondagi fosfor, kal`siy, paratgormon va vitamin D ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati o‘rtasidagi bog‘liqlikni hamda ularga turli tarkibli muolajalar ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligida bemorlarda koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi va qondagi mikroelementlar orasida bog‘liqlik mavjudligi, ularni buyrak funksional xolatiga salbiy ta’siri surunkali buyrak kasalligining erta prediktorlari ekanligi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligida qonda paratgormon oshishi va vitamin D ko‘rsatkichlarini pasayishi buyraklar disfunksiyasiga parallel ravishda o‘zgarib borishi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligining kompleks standart davosi tarkibida empagliflozinni vitamin D bilan birgalikda qo‘llash fosfor, kal`siy almashinuvi va paratgormon ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligining kompleks standart davosi tarkibida empagliflozinni vitamin D bilan birgalikda qo‘llash yallig‘lanish va fibroz jarayonlarini kamaytirib yurak va buyrak funksional holatiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligida elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash va uning amaliy axamiyati bo‘yicha bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligida bemorlarda koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi va qondagi mikroelementlar orasida bog‘liqlik mavjudligi, ularni buyrak funksional xolatiga salbiy ta’siri surunkali buyrak kasalligining erta prediktorlari ekanligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surunkali yurak etishmovchiligida elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash va uning amaliy axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali yurak etishmovchiligida vitamin D va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash” nomli uslubiy tavsiyanomasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-17 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-x-10 sonli xulosasi 2024-yil 25-mart kunida tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanomada surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati baholangan va tarkibida sakubitril-valsartanni va empagliflozini bo‘lgan standart muolajalarni qo‘llash ularda kasallikni kechishini barqarorlashtirish imkonini bergan. Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024-yil 15-iyun kunidagi 114-sonli va 115-sonli buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, Farg‘ona Harbiy gospitalida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 24-iyundagi №03/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul kasallikning davo samaradorligini oshirish va kasallik asoratlari erta rivojlanishining oldini olish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallik belgilarini samarali davolashga hamda bemorlarning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Xulosa Surunkali yurak etishmovchiligi negizida buyraklar disfunksiyasi rivojlangan asosiy guruh bemorlarning 40% da vitamin D tanqisligi (≤30 ng/ml) aniqlandi, nazorat guruhida esa bu raqamlar 42,5 % ga teng bo‘ldi;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligida qonda paratgormon oshishi va vitamin D ko‘rsatkichlarini pasayishi buyraklar disfunksiyasiga parallel ravishda o‘zgarib borishi isbotlangan. Surunkali yurak etishmovchiligida elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash va uning amaliy axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali yurak etishmovchiligida vitamin D va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash” nomli uslubiy tavsiyanomasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-17 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-x-10 sonli xulosasi 2024-yil 25-mart kunida tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanomada surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati baholangan va tarkibida sakubitril-valsartanni va empagliflozini bo‘lgan standart muolajalarni qo‘llash ularda kasallikni kechishini barqarorlashtirish imkonini bergan. Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024-yil 15-iyun kunidagi 114-sonli va 115-sonli buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, Farg‘ona Harbiy gospitalida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 24-iyundagi №03/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul kasallikning davo samaradorligini oshirish va kasallik asoratlari erta rivojlanishining oldini olish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallik belgilarini samarali davolashga hamda bemorlarning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Xulosa surunkali yurak etishmovchiligi negizida buyraklar disfunksiyasi rivojlangan asosiy guruhdagi vitamin D tanqisligi aniqlangan bemorlarda standart davo tarkibida empagliflozin bo‘lgan muolajalarga vitamin D qo‘shilishi paratgarmon ko‘rsatkichlarini 68,9±6,2 pg/ml dan 45,6±5,4 pg/ml ga ya`ni 1,5 martaga (r<0,01) kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligining kompleks standart davosi tarkibida empagliflozinni vitamin D bilan birgalikda qo‘llash fosfor, kal`siy almashinuvi va paratgormon ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan. Surunkali yurak etishmovchiligida elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash va uning amaliy axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali yurak etishmovchiligida vitamin D va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash” nomli uslubiy tavsiyanomasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-17 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-x-10 sonli xulosasi 2024-yil 25-mart kunida tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanomada surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati baholangan va tarkibida sakubitril-valsartanni va empagliflozini bo‘lgan standart muolajalarni qo‘llash ularda kasallikni kechishini barqarorlashtirish imkonini bergan. Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024-yil 15-iyun kunidagi 114-sonli va 115-sonli buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, Farg‘ona Harbiy gospitalida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 24-iyundagi №03/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul kasallikning davo samaradorligini oshirish va kasallik asoratlari erta rivojlanishining oldini olish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallik belgilarini samarali davolashga hamda bemorlarning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Xulosa Surunkali yurak etishmovchiligi negizida buyraklar disfunksiyasi rivojlangan bemorlarda qondagi kal`siy va fosfor ko‘rsatkichlari asosiy guruhdagi vitamin D tanqisligi kuzatilganlarda mos ravishda 1,88±0,2 mmol/l va 2,1±0,3 mmol/l ga teng bo‘ldi. Tarkibida empagliflozin bo‘lgan standart davo negizida vitamin D qo‘shib o‘tkazilgan muolajalardan keyin ko‘rsatkichlar mos ravishda 2,47±0,25 mmol/l (r<0,001) va 1,54±0,25 mmol/l (r<0,01) ni tashkil etdi va ijobiy tomonga o‘zgarishi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligining kompleks standart davosi tarkibida empagliflozinni vitamin D bilan birgalikda qo‘llash yallig‘lanish va fibroz jarayonlarini kamaytirib yurak va buyrak funksional holatiga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan. Surunkali yurak etishmovchiligida elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash va uning amaliy axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Surunkali yurak etishmovchiligida vitamin D va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish hamda kompleks muolajalar ta’sirini baxolash” nomli uslubiy tavsiyanomasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-17 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert kengashining 01-02/u-t-x-10 sonli xulosasi 2024-yil 25-mart kunida tasdiqlangan. Uslubiy tavsiyanomada surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda elektrolitlar va paratgormon ko‘rsatkichlari bilan buyraklar funksional holati baholangan va tarkibida sakubitril-valsartanni va empagliflozini bo‘lgan standart muolajalarni qo‘llash ularda kasallikni kechishini barqarorlashtirish imkonini bergan. Ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024-yil 15-iyun kunidagi 114-sonli va 115-sonli buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, Farg‘ona Harbiy gospitalida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 24-iyundagi №03/26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan usul kasallikning davo samaradorligini oshirish va kasallik asoratlari erta rivojlanishining oldini olish, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tavsiya etilgan standart muolajalar, ularda kasallik belgilarini samarali davolashga hamda bemorlarning yurak ichi gemodinamikasining va buyrakdagi fibroz jarayonlarining yaxshilanishi orqali og‘ir darajalarini, o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshiradi. Xulosa Surunkali yurak etishmovchiligi negizida buyraklar disfunksiyasi rivojlangan bemorlarda qondagi vitamin D ko‘rsatkichlari bilan chap qorincha so‘ngi sistolik (r=-0.48, p˂0.01) hamda diastolik o‘lchami (r=-0.53, p˂0.001) bilan o‘rtacha kuchli manfiy, chap qorinchi qon otish fraksiyasi (r=0.51, p˂0.001) va miokard massasi (r=0.35, p˂0.05), koptokchalar filtratsiyasi tezligi bilan (r=0.45, p˂0.01) musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi. Shuningdek, yallig‘lanish sitokinlari S-reaktiv oqsil (r=-0.478, p˂0.05), interleykin-6 (r=-0.446, p˂0.05) va α-o‘sma nekrozi omili (r=-0.546, p˂0.001) bilan o‘rtacha kuchli manfiy bog‘liqligi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish