Nazarov Ibroxim Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID -19 da son suyagi boshchasi aseptik nekrozining klinik va patomorfologik jihatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD /Tib3575.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD04/ 30.09.2020. Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Muxarrama Almaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Reyimnazarova Gulsara Jamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
COVID-19 infeksiyasida son suyak boshchasining aseptik nekrozining klinik-instrumental, patomorfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SARS-CoV-2bilan kasallangan bemorlarni son suyaklari boshchasi bo‘g‘im yuzasida makroskopik jihatdan demarkatsion chiziqlar bilan chegaralangan oqish rangli o‘choq paydo bo‘lishi, g‘ovak suyak qismida dastlab oq-sariq rangli nekroz, ma’lum vaqt o‘tishi bilan sekvestrlar va kistoz bo‘shliqlar, ikkilamchi o‘zgarishlar ko‘rinishida esa, dag‘al tolali ko‘rinishdagi reparativ regeneratsiyaning ossifikatsiya o‘choqlari paydo bo‘lishi bilan davom etishi aniqlangan;
son suyak boshchasi aseptik nekrozida morfologik jihatdan, dastlab g‘ovak suyakning yuza qismlari nekrozi, kompakt suyak qatlami yorilishi, nekroz o‘chog‘ining chuqurlashishi va rezorbsiyasi, sekvestrlarning yuzaga kelishi, kistoz bo‘shliqlarning paydo bo‘lishi isbotlangan;
SARS-CoV-2 ta’sirida son suyak boshchasining arteriyalarini morfologik jihatdan shikastlanishi, asosan endoteliit, mikroangiopatiya, mikrotrombozlar rivojlanishiga olib kelganligi oqibatida suyak to‘qimasida ishemiya va aseptik nekrozni rivojlantirishi isbotlangan.
son suyagi boshchasi aseptik nekrozida rivojlangan to‘qima tuzilmalari tarkibiy qismlarini egallagan maydonlarini 5/2 qismni tashkil etganligi, 46% sohasida nekroz o‘choqlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Son suyagi avaskulyar nekrozi prognozini yaxshilash uchun olingan ilmiy natijalarga ko‘ra;
ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida “COVID-19 da son suyagi boshchasi aseptik nekrozining klinik va patomorfologik o‘zgarishlari” uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024-yil 25 sentyabrdagi 06/84-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2024-yil 29-fevraldagi 6i-18/u-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan).
birinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2bilan kasallangan bemorlarni son suyaklari boshchasi bo‘g‘im yuzasida makroskopik jihatdan demarkatsion chiziqlar bilan chegaralangan oqish rangli o‘choq paydo bo‘lishi, g‘ovak suyak qismida dastlab oq-sariq rangli nekroz, ma’lum vaqt o‘tishi bilan sekvestrlar va kistoz bo‘shliqlar, ikkilamchi o‘zgarishlar ko‘rinishida esa, dag‘al tolali ko‘rinishdagi reparativ regeneratsiyaning ossifikatsiya o‘choqlari paydo bo‘lishi bilan davom etishi aniqlanganligi Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasi  (15.03.2024-y.; №32), Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (18.03.2024-y.; №29), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (20.04.2024-y.; №48 A/F) hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosida (16.03.2024-y.; №23) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SSBAN kasalliklarining makroskopik holatini struktur-funksional tekshiruvlar bilan bir biriga solishtirma baholash natijasida turli usullarning ijobiysini tanlab olinishi bemorlar mehnat faoliyatini samarasini 65% gacha oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan SSBAN erta aniqlash bo‘yicha tashxislash usuli va davolash taktikasini tanlash klinik-patomorfologik solishtirma asoslash natijalarini olgan holda iqtisodiy hisoblash mumkin, kasallikni kechishida ananaviy usullar (UASh, travmatolog ko‘rigi, MRT, rentgen, EKG, qon va peshob tahlili va boshqalar) bilan jarrohlik amaliyotidagi harajatlarni, tashrihsiz davolanishda 55% gacha tejalishiga olib keladi. Xulosa: ushbu qo‘llanma dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga mos makroskopik hulosani klinik va patomorfologik solishtirma tashhislash natijalari, davolashni jahon darajasiga ko‘tarishga imkon beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: son suyak boshchasi aseptik nekrozida morfologik jihatdan, dastlab g‘ovak suyakning yuza qismlari nekrozi, kompakt suyak qatlami yorilishi, nekrozi o‘chog‘ining chuqurlashishi, nekroz o‘choqlarining rezorbsiyasi, sekvestrlarning yuzaga kelishi, kistoz bo‘shliqlarning paydo bo‘lishi isbotlanganligi Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasi  (15.03.2024-y.; №32), Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (18.03.2024-y.; №29), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.04.2024-y.; №48 A/F) buyrug‘i hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosida (16.03.2024-y.; №23) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan patomorfologik tashhislash tartibi tos-son bo‘g‘imi degenerativ-distrofik kasalliklaridan son boshi avaskulyar nekrozi sonini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan SSBAN kasalligini aniqlash bo‘yicha erta tashxislash taktikasini tanlash klinik-anamnestik natijalarini asosida morfologik jihatlarini hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi 45% gacha mablag‘lar tejalishi bilan izohlanadi. Xulosa: bunday SSBAN sohasidagi klinik morfologik xususiyatlarini to‘liq o‘rganib borilishi, klinisistlar uchun kasallik kelib chiqish sabablarini 100% aniqlash, to‘g‘ri tahlil qilish va davolash algoritmini to‘g‘ri tanlanishiga imkon beradi;
 uchinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2ta’sirida son suyak boshchasining arteriyalarini morfologik jihatdan shikastlanishi, asosan endoteliit, mikroangiopatiya, mikrotrombozlar rivojlanishiga olib kelganligi oqibatida, suyak to‘qimasida ishemiya va aseptik nekrozni rivojlantirishi isbotlanganligi Andijon viloyati travmatologiya ortopediya shifoxonasi (15.03.2024-y.; №32), Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi (18.03.2024-y.; №29), Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (20.04.2024-y.; №48 A/F) hamda Andijon viloyati patologik anatomiya byurosida (16.03.2024-y.; №23) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan aseptik nekrozni rivojlanishiga qarab patomorfologik solishtirma tashhislash uslublarning davolash amaliyotiga joriy etilishi natijasida, aholi orasida 65% gacha tos son bo‘g‘iimi avaskulyar nekroz kasalliklarining tashxislash va davolash samaradorligi oshirilishiga imkon bergan. Tavsiya etilgan patomorfologik tashhislash usulidan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan; Iqtisodiy samaradorligi: aholini mehnat faoliyatidagi qatlamini davolashda 1 nafar bemor uchun uch kunlik Statsionar davolanish (preyskurantga ko‘ra 1-kunlik to‘lov miqdori 145000-180000 so‘mni tashkil etadi) dagi sarfini kamaytirgan. Statsionarda 12 kunlikdan 9 kunlikka qisqarishi, davo muolajalari byudjetdan bir kishi uchun (500000 so‘mgacha) iqtisod qilingan. Hulosa: SSBAN kasalliklari hastalangan 1 nafar bemor hisobiga maqsadli tekshiruv va davolash paytida o‘rtacha byudjet mablag‘larini 150000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: son suyagi boshchasi aseptik nekrozida rivojlangan to‘qima tuzilmalari tarkibiy qismlarini egallagan maydonlarini 5/2 qismni tashkil etganligi, 46% sohasida nekroz o‘choqlari aniqlanganligi Andijon viloyati travmatologiya va ortopediya shifoxonasida (15.03.2024-y.; №32), Andijon viloyati patologik anatomiya byurosida (16.03.2024-y.; №23) buyrug‘i Namangan viloyati patologik anatomiya byurosida (18.03.2024-y.; №29), hamda Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.04.2024-y.; №48 A/F) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan son boshchasi suyagi COVID-19 dan keyingi aseptik nekrozini tashxislashda morfometrik ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar bilan struktur-funksional va patomorfologik tahliliga individual yondashuv asosida davolanish muddatini qisqartirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: aholini mehnat faoliyatidagi qatlamini davolashda 1 nafar bemor uchun uch kunlik Statsionar davolanish (preyskurantga ko‘ra 1-kunlik to‘lov miqdori 298000– so‘mni tashkil etadi) dagi sarfini kamaytirgan. Statsionarda 12 kunlikdan 9 kunlikka qisqarishi, tashhislash va davo muolajalari byudjetdan bir kishi uchun (894000 so‘mgacha) iqtisod qilingan. Hulosa: SSBAN kasalliklari hastalangan 1 nafar bemor hisobiga maqsadli klinik patomorfologik tekshiruv va davolash paytida o‘rtacha byudjet mablag‘larini 590000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 304000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish