Tuxtaev Ulug‘bek Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Samarqand va Navoiy viloyatlarining bir qator hududlaridagi suv havzalarining radiatsion monitoringi», 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4565
Ilmiy rahbar: Safarov Akmal Asqarovich, fizika-manematika bo‘yicha PhD, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharov Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Kurbanov Baxtiyor Ibragimovich, texnika fanlari doktori, professor;
Qutbedinov Axmat, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand va Navoiy viloyatlarining bir qator hududlarida tabiiy va ichimlik suvlarida tabiiy va texnogen radionuklidlarning tarqalishi monitoringini olib borishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
UMF-2000 radiometri asosida radiy izotopining α-nurlanuvchi radionuklidlarini (224Ra va 226Ra) identifikatsiya qilish uchun mavjud uslublarga qaraganda izotoplarning aktivligini aniqroq va tezroq aniqlash imkonini beradigan uslub ishlab chiqilgan;
uran izotoplarining (234U, 235U, 238U) aktivliklarini alfa-spektrometr (Canberra alpha analyst) yordamida aniqlashda elektrolitik cho‘kish paytida o‘rganilayotgan izotoplarning kimyoviy unumini oshirishga imkon beruvchi radiokimyoviy ajratish uslubi takomillashtirilgan;
ilk bor Sobirsoy suv omborining minerallashgan suv namunalari tarkibidagi yig‘indi alfa- va beta- aktivligi hamda uran (234U, 235U, 238U) izotoplarining alfa aktivligi bo‘yicha 0,19 dan 0,87 Bk/l-gacha oraliqdagi tajribaviy natijalar olingan;
birinchi marta Samarqand, Navoiy va Zafarobod shaharlaridagi suv namunalarida 90Sr ning solishtirma aktivligining o‘rtacha qiymati 0,21·10-2 Bq/l o‘lchangan va bu keyingi monitoring uchun fon qiymati sifatida qabul qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Samarqand va Navoiy viloyatlarining bir qator hududlardagi suv havzalarining radiatsion monitoringi bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosan:
UMF-2000 radiometri asosida radiy izotoplarining (224Ra va 226Ra) α-nurlanuvchi radionuklidlarini identifikatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan uslub “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ MITLda sinovdan o‘tkazilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ MITL 04.09.2024 yildagi 759-sonli xati). Uslubdan foydalanish izotoplarning aktivligini ilgari mavjud usullarga nisbatan yuqori aniqlik hamda tezlik bilan hisoblash imkonini bergan;
uran izotoplarining (234U, 235U, 238U) tarkibini aktivligiga qarab aniqlash uchun uni radiokimyoviy ajratish bo‘icha takomillashtirilgan uslub “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ MITLda sinovdan o‘tkazilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ MITL 04.09.2024-yildagi 759-sonli xati). Uslubni qo‘llash natijasida konlarda, quduqlarda va chuqur burg‘ilangan quduqlarda joylashgan tabiiy suvlardagi radionuklidlarning konsentratsiyasini va ularning aktivligini yuqori aniqlik va tezlik bilan aniqlash imkonini bergan;
radiy va uran izotoplarining aktivligi hamda yig‘indi alfa va beta aktivliklar bo‘yicha olingan tajribaviy natijalar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ MITLda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ MITL 04.09.2024-yildagi 759-sonli xati). Olingan natijalar Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi suv inshootlarining keyingi monitoringi uchun dastlabki qiymat sifatida foydalanish imkonini bergan.