Alloqulov Mirzabek Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Taqdimnoma mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qora o‘ralar mimikerlarining kuzatuv xossalari va ularning energetikasiga muqobil modellar”, 01.04.02-Nazariy fizika va 01.03.01-Astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1027
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqotlar universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutidagi  DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar:   Ahmedov B.J., fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Shaymatov S.R., fizika-matematika fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: Sh.N.Mardonov, fizika-matematika fanlari doktori (Yangi O‘zbekiston universiteti); Sh.Kholikov, fizika-matematika fanlari doktori  (“TIQXMMI” Milliy tadqiqotlar universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti)
Taqdimnoma yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qora o‘ra mimikerlarining kuzatuv xossalarini o‘rganish va ularning energetikasiga muqobil modellarni topishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    Energiya ajratib olishning energiya samaradorligini va quvvatni plazma magnitlanishi, magnit maydon yo‘nalishi va qora tuynuk spini va MOG parametrlari funktsiyasi sifatida barcha kerakli shartlarni qo'yish orqali o‘rganildi.
Aylanuvchi Kerr-Newman-MOG qora o‘rasining Comisso-Asenjo mexanizmi orqali magnit qayta ulanishga ta’sirini tahlil qilingan.
Magnit qayta ulanish Kerr qora o‘ra holatiga nisbatan qanchalik samarali ekanligini tushunish uchun tez aylanadigan Kerr-Newman-MOG qora o‘ralarining quvvati va energiya samaradorligi o‘rganildi.
Magnit qayta ulanish va Blandford-Znajek mexanizmlarining quvvatini solishtirish orqali tez magnit qayta ulanishda energiya olish tezligini baholandi
Magnit qayta ulanish orqali energiya olish uchun plazmaning tezlashtirilgan va sekinlashtirilgan energiyalarini o‘rganildi.
Rezzolla-Zhidenko fazosida tarqaladigan neytrinolarning tebranishlarini o‘rganish va neytrinolarni aniqlash printsipial ravishda ular harakat qilgan geometriyani cheklash uchun qanday ishlatilishi mumkinligini aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qora o‘ralar energetikasiga taklif qilingan muqobil modellar asosida:
Astrofizik obektlarning energetikasiga muqobil modellar bo‘yicha natijalar xorijiy tadqiqotchilarning ishlarida qo‘llanilgan va yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda chop etilgan 3 dan ortiq ilmiy maqolalarda  foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish