Abdullaeva Dilnoza Kabirdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat chiqindilaridan kumush va kadmiy elementlarini tanlovchan ekstraksion ajratish va organik fazada fotometrik aniqlash usullarini yaratish», 02.00.02 – Analitik kimyo, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K527.
Ilmiy rahbarlar: Turabdjanov Sadriddin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Giyasov Anvar Sharipovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.04.2022.K.78.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon Gafurovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Todjiev Jamoliddin Nasriddinovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat shiqindilaridan kumush va kadmiy elementlarini tanlovshan ekstraksion ajratish va organik fazada fotometrik aniqlash usullarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik eritmalar, oqava suvlar va boshqa tarkibi murakkab boʻlgan namunalar tarkibidan Ag (I) va Sd (II) ionlarini inert organik erituvshilarga tanlovshan  ekstraksiyalanish jarayonining maqbul sharoitlari (xloroformga (99.9%) benzolga (95.5 %) ) aniqlangan;
muvozanatni siljitish, Asmus va molyar nisbatlar usullari yordamida Ag(I) va Sd (II) ionlarining inert organik erituvshilarga Sd:PAN (1:2), Sd:PAAK (1:1), Sd:PAAF (1:2), Ag: H2Dz (1:1) nisbatlarida gidrat-solvat mexanizmi asosida tanlovshan ekstraksiyalanishi isbotlangan.
Ag (I) va Sd (II) ionlarini organik fazada reagentlar (ditizon, PAN, PAAK, PAAF) va DMFA bilan tanlovshan kompleks hosil qilish maqbul sharoitlari Ag+ ushun: xloroform; H2Dz ; SNaI =0,01–0,05 M; DMFA=18–40%; pH=2.0-12.5, Sd+ ushun: xloroform; PAAF ; DMFA=16–30%, SNaI =0,03–0,3 M; pH=3.0-10.5; topilgan;
kumush va kadmiy ionlarini aniqlash ushun yangi, tanlovshan, sezgir, tezkor va sodda boʻlgan ekstraksion-fotometrik aniqlash usullari yaratilgan;
yangi yaratilgan ekstraksion-fotometrik usul ishlab shiqarish oqova suvlari tarkibidagi Ag (I) (10 mkg olinganda Tl (I), Sr (II), Ni (II), Os (VIII), Mo (VI) ionlari xalaqit qilmagan) va Sd (II)  ionlarini (10 mkg olinganda Zn (II), Pb (II), Sa (II), Ba (II), Mo (VI) ionlari xalaqit qilmagan) tezkorlik bilan aniqlash mumkinligi isbotlangan;
kumush (I) ionlarini tanlovshan ekstraksion ajratish va toza holda olish texnologiyasining prinsipial sxemasi ishlab shiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geterotsiklik azobirikmalar bilan organik fazada aniqlashning ekstraksion-fotometrik usuli yordamida Ag (I) va Sd (II) ionlarini aniqlash usulini yaratish bo‘yicha aniqlangan natijalar asosida:
Ag (I) va Sd (II) ionlarining DMFA, ditizon va geterotsiklik azo guruhi tutgan organik reagentlar yordamida ekstraksion-fotometrik aniqlash usuli  Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 31 avgustdagi 23/01-01-07/424-son ma’lumotnomasi). Natijada, shiqindi suvlar, ruda, kek va konsentratlarda kumush va kadmiy ionlarini tindirish, ajratish va organik fazada ditizon va azobo’yoqlar yordamida fotometrik aniqlash imkonini bergan;
tarkibida Ag (I) va Sd (II) ionlari saqlagan chiqindi suvlar tarkibidan  organik reagentlar ditizon, PAN, PAAK va PAAF yordamida ekstraksion-fotometrik aniqlash usuli  Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 31 avgustdagi 23/01-01-07/424-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilaridan kumush va kadmiy ionlarini, ajratish va organik fazada ekstraksion-fotometrik aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish