Barnaeva Sitora Baxramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromining klinik-nevrologik xususiyatlari”, 14.00.13 – Nevrologiya;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3356.
Ilmiy rahbarlar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmonova Durdona Djuraboevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromining klinik-nevrologik xususiyatlarini o‘rganish va davolash usullari samaradorligini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemorragik insul`t o‘tkir davrida tutqanoq xurujlari rivojlanishida o‘choqning miya moddasida joylashuviga ko‘ra subkortikal joylashuvi boshqa turdagi izolyasiyalangan qonn quyilishlarga nisbatan yuqori darajadagi xavf omili ekanligi asoslangan;
gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindrom rivojlanishida lokalizatsiyasiga ko‘ra chakka bo‘lagi qon quyilishlari patogenetik ahamiyatliligi isbotlangan;
insul`tdan keyingi tutqanoq sindromida bemor psixoemotsional, vegetativ buzilishlarining tutqanoq kechishini tashxislashda ahamiyatli bo‘lgan klinik marker sifatida ahamiyatligi asoslangan;
gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi mavjud bemorlarni davolashda klinik-nevrologik, neyropsixologik, neyrofiziologik va neyrovizual o‘zgarishlarning ijobiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib davolash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromining klinik-nevrologik xususiyatlari mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/56-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: gemorragik insul`t o‘tkir davrida tutqanoq xurujlari rivojlanishida o‘choqning miya moddasida joylashuviga ko‘ra subkortikal joylashuvi boshqa turdagi izolyasiyalangan qonn quyilishlarga nisbatan yuqori darajadagi xavf omili ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi ko‘p holatlarda nogironlikka olib kelib, bemor hayot sifatining keskin tushib ketishiga, jamiyatdan uzilib qolishiga, mehnatga layoqatsizlik kunlari ko‘payishiga olib keladi. Gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromini tashxislashda dopplerografiya, bosh miya MRT, MSKT tekshiruv usullari, bosh miya EEG tekshiruv usullaridan foydalanish kasallik og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlash va unga muvofiq maqbul davo choralari qo‘llanilishini ta’minlaydi. Pirovard natijada bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromida kompleks terapiyaning qo‘llanilishi nevrologik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy funksiyalarning barqarorlashishiga va reabilitatsiya potesialini oshishiga yordam bergan. Bu esa bemorlarning statsionar davolash muddatining 3 kunga kamayishiga olib kelgan. Bir kunlik statsionar davolanish narxi 480 mingni tashkil etishini inobatga olib, yotoq kunining qisqarishi hisobidan har bir bemordan 2132000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromini bilan xastalangan bemorlarning klinik-nevrologik uzgarishlarini erta aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindrom rivojlanishida lokalizatsiyasiga ko‘ra chakka bo‘lagi qon quyilishlari patogenetik ahamiyatliligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi mavjud bemorlarni simpatik tizim patologiyasi ustunlik qiladi, gemorragik transformatsiyaga aylanish xavfi past bulishi ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida tashxislash dastlabki darajalarda umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi qon oqimi ko‘rsatkichlari va insul`t hajmi orasidagi korrelyatsion bog‘liqlik, nogironlik va asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi mavjud bemorlarni davolashda kompleks terapiyaning qo‘llanilishi nevrologik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy faoliyatning barqarorlashishiga va reabilitatsiya imkoniyatlarining oshishiga yordam beradi, gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi mavjud bemorlarni erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning murojaati kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 304800 so‘m, byudjetdan tashqari 192000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Insul`tning o‘tkir davrida trombolitik terapiyadan foydalanish maksadga muvofikligidan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan davolanish kunlari va dori darmonlar hisobiga byudjet mablag‘larini sutkasiga 356405 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: insul`tdan keyingi tutqanoq sindromida bemor psixoemotsional, vegetativ buzilishlarining tutqanoq kechishini tashxislashda ahamiyatli bo‘lgan klinik marker sifatida ahamiyatligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromida shaxsiy emotsional buzilishlarning dinamikasi o‘rganilgan va ularning neyrofiziologik, neyrovizual tekshiruvlar bilan korrelyatsiyasi amalga oshirilgan, gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromida vegetativ asab tizimi tomonidan o‘zgarishlar mavjudligi aniqlandi, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Gemorragik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda tutqanoq sindromini tashxislashda taklif qilinaetgan markerlarni e’tiborga olib tekshirish tashxislash samaradorligini oshiradi va keraksiz tekshirkvlarni qo‘llamislik hisobiga har bir bemorda byudjetdan tashqari bir nafar bemor hisobiga 549138 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yuqori informativ tashxisot usullaridan foydalanish va kam informativ usullarni qo‘llamaslik hisobidan har bir nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘lardan 549138 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. insul`tdan keyingi tutqanoq sindromida bemor psixoemotsional, vegetativ buzilishlarining tutqanoq kechishini tashxislashda ahamiyatli bo‘lgan klinik marker sifatida ahamiyatligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi mavjud bemorlarda klinik-nevrologik xususiyatlarni o‘rganish, neyrofiziologik buzilishlarni erta tashxislash va davolash muddatlarini qisqartirish, profilaktik yordam sifatini oshirish, mazkur kasalliklarni davolashda antikonvulsant, antioksidant, antigipoksant terapiyadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkoniyatini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: gemorragik insul`tdan keyingi tutqanoq sindromi mavjud bemorlarni davolashda oldi olinadi, kasalligining rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1151300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib Umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasi kasalliklarini erta xavfini bashoratlash shkalasi va profilaktik algoritmini qo‘llash kasallikni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.