Maxmudov Ravshan Barraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdominal semizligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarda buyrak shikastlanishining diagnostik va prognostik markerlari”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2023.2.PhD/Tib3513.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Abdominal semizligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi xavf omillarini aniqlash, uni erta tashxislash va asoratlanishini bashoratlovchi klinik-laborator markerlarni tanlash, hamda oldini olishni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ortiqcha tana vazni kuzatilgan fertil yoshdagi ayollarda SBK rivojlanishida qorin sohasidagi (abdominal) semizlik asosiy mustaqil xavf omili ekanligi aniqlanib, visseral semizlik indeksi bilan SBK darajalari orasida to‘g‘ri, kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
abdominal semizligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarning har beshinchisi yuqori xavf guruhiga kirib, ularning  har ettinchisida surunkali buyrak kasalligining turli darajalari mavjudligi asoslangan;
abdominal semizligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida APOL 1 geni G1 va  G2 polimorfizm shakllari prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
fertil yoshdagi ayollarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida   abdominal semizlikning patogenetik ahamiyati va uning buyrakda fibroz rivojlanishini kuchaytirishdagi roli prognostik ilmiy asoslangan, hamda profilaktika usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Abdominal semizligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarda buyrak shikastlanishining diagnostik va prognostik markerlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 6/12-son xulosasi olingan.  
birinchi ilmiy yangilik: sohasidagi (abdominal) semizlik asosiy mustaqil xavf omili ekanligi aniqlanib, visseral semizlik indeksi bilan SBK darajalari orasida to‘g‘ri, kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Ortiqcha tana  vazni bo‘lgan, visseral semizlik aniqlangan FYoA orasida SBK rivojlanish ehtimolligi yuqori bo‘lib, ularda xavf omillarini bartaraf etish ushbu kasallik asoratlanishi oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Abdominal semizlik mavjud FYoA orasida xavf guruhlarini shakllantirish orqali SBK profilaktikasiga erishish natijasida, bemorlarning vrachga murojaatlari qisqarishi  hisobiga har bir bemor uchun  byudjet mablag‘laridan bir yilda 412006 so‘m miqdorda iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. FYoA orasida tana vazni parametrlariga asoslanib SBK uchun xavf guruhlarini shakllantirish va oldini olish samaradorligi isbotlanganligi va 412006 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: abdominal semizligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarning har beshinchisi yuqori xavf guruhiga kirib, ularning  har ettinchisida surunkali buyrak kasalligining turli darajalari mavjudligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: Shartli sog‘lom  FYoA orasida SBK tarqalganligi va rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan guruhlarni erta aniqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: FYoA orasida SBK tarqalganlik darajasini bashoratlash, va ularda xavf guruhlarini shakllantirish, o‘z navbatida maqsadli tibbiy ko‘riklarni tashkil etishga erishiladi. Buning natijasida bemorlarning ambulator murojaaati kamayishi hisobidan har bir FYoA uchun byudjet mablag‘laridan  218211 so‘m, statsionar davo ehtiyoji kamayishi hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 645800 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa. FYoA orasida SBK tarqalganlik darajasini bashoratlash, va ularda xavf guruhlarini shakllantirish, o‘z navbatida maqsadli tibbiy ko‘riklarni tashkil etishni amaliyotga qo‘llash orqali  har bir bemor hisobiga 864011 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: abdominal semizligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida APOL 1 geni G1 va  G2 polimorfizm shakllari prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.  Ijtimoiy samaradorligi: Abdominal semizlik aniqlangan FYoA orasida  bemorlarda APOL 1 geni G1 va  G2 polimorfizm shakllarini aniqlash, kelajakda aholining ushbu qatlamida SBK uchrash darajasini bashoratlash imkonini bergan.  Iqtisodiy samaradorligi:FYoA orasida tana vazni indeksi asosida xavf guruhlarini aniqlash va ulardagi SBK ga irsiy moyillik borligini o‘rganish, kelajakda ushbu aholi qatlami orasida   nefropatiyalar oldini olish, gemodializga bo‘lgan ehtiyojni baholash imkonini beradi. Xulosa: abdominal semizlik va SBK mavjud bemorlarda gen polimorfizmini o‘rganish, aholi orasida buyrak kasalliklari rivojlanish ehtimolligi yuqori bo‘lgan kontingentni bashoratlash imkonini yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ayollarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida   abdominal semizlikning patogenetik ahamiyati va uning buyrakda fibroz rivojlanishini kuchaytirishdagi roli prognostik ilmiy asoslangan, hamda profilaktika usullari takomillashtirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Fertil yoshdagi ayollar orasida abdominal semizlik uchrashning yuqori xavf omili ekanligi ilmiy asoslangan va ularda SBK darajasini o‘z vaqtida  aniqlash, shuningdek, uning asoratlanishini oldini olishniga mo‘ljallangan pog‘onali mezonlar ketma ketligi orqali kasallik profilaktikasiga erishiladi  Iqtisodiy samaradorligi: pog‘onali  profilaktik tadbirlar amaliyotga tadbiq etilgunga qadar SBKni tashxislash kechikishi,  asoratlar bilan kechganda tashxis qo‘yish, davolashga   qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 1547421 so‘m sarflangan bo‘lsa (bunda gemodializ seansi sarf-xarajatlari inobatga olinmagan), tavsiyanoma  tadbiq etilgach, bu xarajatlar  563562 so‘mgacha kamaydi. Xulosa.Ortiqcha tana vazni  mavjud fertil yoshdagi ayollarda nefropatiya rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashxislash natijasida bemor uchun  sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir bemor uchun byudjet hisobidan 590800 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 393059 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish